Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ TA'LIMI VAZIRI BERGAN TOPSHIRIQ VA VAZIFALARNI BAJARISHDA MAS'ULIYAT BILAN YONDOSHAMIZ
2021-02-03 20:01:18 200
O’zbekiston Respublikasi xalq ta'limi Vaziri Sh.Shermatov yaqinda maktabimizda bo’lib, maktabimiz hayoti bilan tanishdi va murabbiylar bilan suhbatlashdi.
Sh.Shermatov 2019-2020-o’quv yilida 11-sinfni tamomlagan 107 nafar o’quvchilarni bugungi kundagi taqdiri bilan qiziqdi.
Suhbat davomida 108 nafar o’quvchidan 1 nafari oliy ta'limda, 5 nafari Marg’ilon oliy tibbiyot texnikumida, 1 nafari Farg’ona huquqshunoslik texnikumida tahsil olayotgani va 98 nafari o’zi qiziqqan kosibchilik, chevarchilik, duradgorlik kabi hunarmandchilik turlari bilan shug’ullanayotganligi haqida ma'lumot berdik.
Qolaversa, maktab kutubxonasidagi badiiy adabiyotlar soni, o’quvchilarning darslik bilan ta'minlanishi, qolaversa “Biz oilamiz bilan kitob o’qiymiz” aktsiyasining o’tkazilishi, unda ota-onalarning qatnashishi, maktab va mahalla hamkorligi haqidagi ma'lumotlar ham Sh.Shermatovning diqqat markazida bo’ldi.
Shuningdek vazir maktabning kompyuter xonasi bilan tanishib, informatika fani o’qituvchisi B.Axmadjonov bilan suhbatlashdi.
O’z navbatida maktabimiz jamoasi ham oldimizda turgan rejalar bilan o’rtoqlashdik. Bu yil maktabimiz Farg’ona politexnika inistituti hamda TATU Farg’ona filiali bilan o’quvchilarni bilimini oshirish hamda OTMga tayyorlash bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’yganligini va 20 foiz o’quvchilarimizni oliy ta'limga kirishlarini rejalashtirganimizni aytdik.
Sherzod Shermatov maktab o’qituvchilari bilan suhbat davomida pedagog xodimlar ish faoliyatida sifat tarkibini hamda bitiruvchilarning OTMga kirish foizini ko’tarish bo’yicha chora-tadbir tuzish va uning ijrosini ta'minlashlari bo’yicha ko’rsatmalar berdi.
Biz albatta, yuqoridagi topshiriq va vazifalarni bajarishda, o’quvchilarga bilim berishda o’ta mas'uliyat bilan yondoshishga harakat qilamiz.
K.QURBONOV,
27-umumiy o’rta ta'lim maktabi direktori.