Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ISHSIZ YOSHLAR QO’LLAB-QUVVATLANMOQDA

×

 2021-02-03 19:24:45    207

PDF yuklash
Chop etish


Barchamizga ma'lumki, yurtimizda ishsiz yoshlarning ro’yxati shakllantirilib “Yoshlar daftari”ga kiritildi. Ishsiz va ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash, tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish orqali jamiyatda o’z o’rnini topishlarida har tomonlama yordam ko’rsatish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.

Qo’shtepa tumanidagi “Sarmazor baxt zamini” fermer xo’jaligiga qarashli yer maydonida bo’lib o’tgan “Yosh tadbirkorlarga yer maydonlarini ajratib berish orqali ularning bandligi va daromadlarini oshirishga bag’ishlangan o’quv amaliy seminar” ishsiz yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlashda bu yilgi ilk qadam bo’ldi.

Tadbirda sektor rahbarlari, tuman hokimi o’rinbosarlari, qishloq xo’jaligiga daxldor mutasaddilar, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari va yoshlar ishtirok etdilar. Ushbu seminarni o’tkazishda O’zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi hamkorlik qildi.

Yoshlarimizga yer ajratishga bag’ishlangan mazkur seminarda O’zbekiston bosh vaziri o’rinbosari Shuhrat G’aniyev, O’zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori Raximjon Boboyevlar ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan O’zbekiston bosh vaziri o’rinbosari Shuhrat G’aniyev bu xayrli ishlar davom etishini aytib, faqat yerdan oqilona foydalanish, yuqori hosil olish zarurligini alohida ta'kidladi.

– Tumanimizda 4921 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritildi. – deydi tadbirda so’z olgan tuman hokimi Ilyosbek Novikov. – Yoshlarni ish bilan ta'minlab, turmush darajasini yaxshilash uchun Prezidentimiz topshirig’iga asosan tumanimizdagi ekin maydonidan 724 gektar ajratilib, vaqtincha ishsiz yoshlarga berilmoqda. Albatta yoshlarimiz bu yerlardan unumli foydalanib, eksportbop oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishadi.

Seminar davomida qishloq xo’jaligi texnikalari ko’rgazmasi, “Dehqon bozori” MChJ tomonidan arzonlashtirilgan urug’chilik va mineral o’g’it ko’chma do’koni yarmarkalari ham tashkil etildi. Mutaxassislar ekin ekish bo’yicha yoshlarga maslahatlar berishdi.

Mutaxassislar ishtirokida “Sarmazor baxt zamini” fermer xo’jaligiga qarashli yer maydonidan dehqonchilik bilan shug’ullanish istagini bildirgan 14 nafar yoshlarga 20 sotixdan yer ajratib berildi.

Yoshlar bandligini ta'minlashga qaratilgan bunday tadbirlar tumanimizning qolgan hududlarida ham davom ettirilib, ishsiz yoshlarimizga yana yer ajratib beriladi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.