Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

«SHAKAR» MFYGA STOLBALAR O’RNATILMOQDA

×

 2021-02-02 13:42:03    115

PDF yuklash
Chop etish


“Farg’ona | Kun.uz” saytida Qo’shtepa tumani, Shakar mahalla fuqarolar yig’ini, Musaffo ko’chasida yashovchi J.Isaqovning tanqidiy murojaati chop etilgan edi.

J.Isaqov o’z murojaatida Musaffo ko’chasida 12 yildan buyon simyog’och yo’qligini, mahalla ahli hashar yo’li bilan elektr tokini tomma-tom tortib olib kelganligi bois mavjud muammoni hal etishda yordam so’ragan edi.

Joriy yilning 1-fevral kuni Shakar mahalla fuqarolar yig’ini, Musaffo ko’chasiga tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan 10 (o’n) dona yangi temir beton tayanchlar olib kelinib, maxsus texnikalarda o’rnatish ishlari boshlanligini ma'lum qilamiz.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.