Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLARGA E'TIBOR
2021-02-02 12:54:52 265
Yurtimizda ishsiz yoshlar ro’yxati shakllantirilib, ularning bandligini ta'minlash masalasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Qo’shtepa tumanidagi “Yoshlar markazida” bo’lib o’tgan tadbir ham aynan shu mavzuga bag’ishlandi. Tadbir tuman hokimligi va huquq-tartibot idoralari hamkorligida o’tkazildi.
Unda tuman hokimining o’rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida sektor rahbarlari tomonidan o’tkazilgan yoshlar bilan uchrashuvlarda 98 nafar yoshlar tomonidan ko’tarilgan muammo va takliflar ijrosini ta'minlash hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 4921 nafar yoshlar bandligini ta'minlash va ularni tadbirkorlikka yo’naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Tadbir davomida yoshlar tomonidan ko’tarilgan muammo va takliflar ijrosini ta'minlash, ularni ishga joylash, tadbiroklik faoliyatlarini boshlashlari uchun kredit ajratish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Tuman hokimi I.Novikov tomonidan mas'ul rahbarlarga yoshlar bilan ishlashni tizimli tashkil etish va ularning muammolarini hal etishda mas'uliyat bilan yondoshish kerakligi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Qo’shtepa tumanida uyushmagan yoshlarni ommaviy sportga jalb etish hamda sport bilan shug’ullanishlari uchun ham qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Tuman hokim I.Novikov va huquq-tartibot idoralari xodimlari O’qchi, Yangi do’kon mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, bu borada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Ushbu mahallalarda “WORKOUT” tashkil etilgan bo’lib, tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig’inlarida shunday “WORKOUT”lar tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.