Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLAR KELAJAGIMIZ
2021-02-01 16:31:22 246
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida"gi PQ-4862-sonli qarori ijrosi yuzasidan Qo’shtepa tumanidagi “Yoshlar markazida” tadbirkorlik qilish istagini bildirgan yoshlar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening "Yoshlar kelajagimiz jamg’armasi" Respublika rahbari Xayrulla Sattarov ishtirokida bo’lib o’tdi.
Tadbirda tumanda yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, ularning istiqbolli g’oyalari va loyihalarini ro’yobga chiqarish hamda imtiyozli kreditlar ajratgan holda bandligini ta'minlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi.
Seminar-trening davomida yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.