Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HAMKORLIK VA HAMJIHATLIK IFODASI
2021-02-01 15:16:32 243
Viloyatimizning barcha hududlarida “Hududlarni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish oyligi” o’tkazilmoqda va bu tadbir 1 martga qadar davom etadi.
Ushbu oylik Qo’shtepa tumani obodonlashtirish boshqarmasi, “Toza hudud” DUK Qo’shtepa filiali, tuman “Yo’llardan foydalanish” unitar korxonasi, fermer xo’jaliklari va har bir mahallalarda hamkorlikda olib borilmoqda.
Bugun Qo’shtepa tumani obodonlashtirish boshqarmasining 110 nafar ishchi xodimlari tomonidan tumanimiz hududidan o’tgan Yozyovon-Marg’ilon yo’lining chetidagi ariq-zovurlarni tozalash, mevali va manzarali daraxtlarga shakl berish, oqlash ishlari olib borilmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.