Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

5 TASHABBUS DOIRASIDA TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2021-01-29 12:47:45    112

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizdagi bolalar qo’g’irchoq teatri jamoasi aktyorlari 5 ta muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni davom ettirib, Qo’shtepa tumanidagi 49-umumiy o’rta ta'lim maktabida o’z dasturlarini namoyish etdilar.

Tadbirda tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodov ham ishtirok etdi. 2020-2021 o’quv yilida o’zining namunali xulqi bilan barchaga o’rnak bo’lgan va a'lo baholarga o’qigan, Respublika tanlovlarida yuqori natija ko’rsatib kelayotgan o’quvchilarga tuman prokurori M.Shomurodov  tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.

Shundan so’ng, bolajonlarga qo’g’irchoq teatri jamoasi tomonidan “Karvon saroy” deb nomlangan teatr tomoshasi namoyish etildi. Tadbir ko’tarinki ruhda o’tkazildi va o’quvchilar teatrdan o’zlariga ma'naviy ozuqa oldilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.