Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HASHAR - MILLIY QADRIYATIMIZ

×

 2021-01-27 16:58:10    275

PDF yuklash
Chop etish


Xalqimiz orasida “Hashar - elga yarashar” degan maqol bor va bu bejiz aytilmagan. Chunki hasharda xalqimizga xos bag’rikenglik, o’zaro hamjihatlik, mahallalar, ko’chalar va aholi turar joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshiriladi.

Uyushqoqlik, pokizalik va mehr-oqibat ramzi bo’lgan hashar xalqimizning ming yillar osha qadrlanib kelinayotgan azaliy udumlaridan biri sanaladi. Yurtimizda qishning tugashi va erta bahorda hashar o’tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an'anaga aylangan. Qo’shtepaliklar ham “Hashar - elga yarashar” deya, obodonlashtirish ishlarini boshlab yubordilar.

Bugun tuman obodonlashtirish boshqarmasining 85 nafar ishchi xodimlari Xumdon mahalla fuqarolar yig’ini hududida tozalov ishlarida qatnashdilar. Ular tomonidan hududdan o’tuvchi katta magistral yo’lning ikki chetidagi ariq va zovurlar tozalanib, mevali va manzarali daraxtlarga shakl berildi va oqlash ishlari olib borildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.