Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SUDYALAR SAYYOR QABULDA
2021-01-27 11:06:04 191
Xotin-qizlarga huquqiy jihatdan yordam ko’rsatish maqsadida viloyatimizda sud raislari va sudyalarning sayyor qabullari o’tkazildi. Unda viloyat sudining sudyalari Sh.Toshmirzayev, R.Arapov, S.Rustamov, D.Xoliqnazarova, F.Siddiqova hamda jinoyat ishlari bo’yicha Marg’ilon shahar sudining raisi M.Maraximov, sudyasi Sh.Karimov va iqtisodiy ishlar bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudining raisi A.Akbarov, sudyasi X.Boynazarov, fuqarolik ishlari bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudining raisi J.Rasulov, sudyalari X.Xakimov, N.Egamov, jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining raisi A.Ergashev, jinoyat ishlari bo’yicha Yozyovon tuman sudining raisi B.Xaydarov, jinoyat ishlari bo’yicha Toshloq tuman sudining raisi A.Akramov, shuningdek, Ma'muriy ishlar bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining sudyalari D.Madaminov va N.Xadjimatov va sud xodimlaridan iborat ishchi guruh a'zolari ishtirok etdilar.
Sayyor qabullar davomida ishchi guruh a'zolari Marg’ilon shahri, Qo’shtepa, Toshloq va Yozyovon tumanlariga tashrif buyurib, huquqiy jihatdan ko’makka muhtoj xotin-qizlarning muammolarini tingladilar.
Ochiq muloqotlar chog’ida hududlardagi ayollarning hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sud-huquq sohasiga oid muammolari o’rganilib, ularga amaliy yordam berish yo’li bilan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabullarda ishtirok etgan 175 nafar xotin-qizlarning 45 nafari sud-huquq masalalarida, 130 nafari esa ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalar bilan murojaat etdilar. 172 ta murojaatlar og’zaki va 3 tasi yozma ravishda qabul qilindi.
130 ta ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalarga oid murojaatlar bo’yicha esa tushuntirishlar berildi.
Sud-huquq masalalaridagi 45 ta murojaatlardan 41 tasi ijobiy hal etildi, shundan 3 ta murojaat yuzasidan fuqarolik ishlari bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudiga qonuniy tartibda hal qilish uchun qabul qilindi. 1 ta murojaat yuzasidan Marg’ilon shahar prokurori nomiga ariza olinib ijro qilish uchun yuborildi. 37 ta murojaatlar yuzasidan ayollarga huquqiy yordam ko’rsatilib joyida ijobiy hal etildi.
Avazjon ERGASHEV,
jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining raisi.