Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2021-01-27 10:27:51 174
Joriy yil 23 yanvar kuni “Farg’ona G‘ Kun.uz” saytida «Sektor rahbarlari va'daboz (mi?)»... sarlavhasi ostida tanqidiy murojaat chop etilgan edi.
Ushbu murojaatda: - «Assalomu alaykum, Kun.uz xodimlari. Qo’shtepa tumani, «Shakar» MFYdan takroriy murojaat yo’llamoqdamiz. Sizlarda e'lon qilingan ko’chalarimizdagi qo’lbola stolbalar haqidagi murojaatimizdan keyin tuman hokimligidan mas'ullar kelib holatni o’rganishdi va “ariza qilib beringlar”, - deyishdi. Sektor rahbari va hokimga ariza qilib berdik. Hokimiyat arizani ko’rib chiqib, uni tuman ETKga yuboribdi.
Tuman ETKga borsak: “2021 yil dasturiga kirgani yo’q, qachon dasturga kirgan stolbalar yangilansa, eskilarini sizlarga o’rnatamiz”, - deyishdi. Dasturga kirgan stolbalar qachon yangilanishini hyech kim bilmaydi. Yana necha yil kutishimiz kerak ekan? Ungacha biron noxush hodisa ro’y bermasa, deb yurakni hovuchlab o’tiribmiz. Shamol bo’lsa, ko’chaga chiqishga qo’rqamiz.
Sektor rahbarlari na o’zlari bor, na murojaatga javob. Sektor ishlayaptimi, yo’qmi bilmaymiz.» - deya shikoyat qilingan.
Qo’shtepa tumani, Shakar mahalla fuqarolar yig’inidan yo’llangan ushbu murojaat 4-sektor vakillari va shu sohaga daxldor mutaxassislar ishtirokida joyiga borgan holda o’rganildi. Murojaatchi J.Isaqov bilan suhbat o’tkazildi.
Ushbu murojaat atroflicha o’rganilib, muammoni hal etish choralari belgilandi. Shakar mahalla fuqarolar yig’iniga qo’shimcha 0,4 kv uzatma qurish 2021 yil dasturiga kiritilib, dastur asosida amalga oshirilgunga qadar, rekonstruksiya bo’lgan ob'yektlardan bo’shagan yog’och tayanchlardan 9 dona olib kelib o’rnatishga kelishib olindi. Elektr ta'minotini talab darajasiga keltirish hamda ushbu ishlar joriy yilning fevral oyi mobaynida amalga oshirilishi murojaatchi J.Isaqovga ma'lum qilindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.