Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH - BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ
2021-01-26 18:28:45 172
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish nafaqat huquq tartibot idoralarining ishi, balki barchamizning vazifamiz hisoblanadi. Avvalo, kasalni davolagandan ko’ra, uning oldini olgan ma'qul.
Bugun Qo’shtepa tumani hokimligining majlislar zalida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari, vaqtincha tuman hokimi vazifasini bajaruvchi A.Yusupov, viloyat IIB mintaqa rahbari, podpolkovnik E.G’aniyev, tuman IIB boshlig’i S.Abdullayev va O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Farg’ona viloyati Qo’riqlash boshqarmasi 8-alohida otryad komandiri D.Qulbekovlar ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda bevosita jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish masalasi muhokama etildi.
Yig’ilishda huquq tartibot idoralari xodimlari, tumanimizdagi savdo do’konlari, oshxona va kafe, sartaroshxonalarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Tadbirda so’z olganlar jinoyatchilikning oldini olish nafaqat huquq tartibot idoralarining, balki barchaning vazifasi ekanligini ta'kidlab o’tdilar. Keyingi payitda sodir etilayotgan o’g’rilik jinoyatlarini oldini olish maqsadida tadbirkorlar ham xushyorlikka chaqirildi. Bugungi kunning talabiga ko’ra jinoyatchilikni oldini olish maqsadida tumanimizdagi mavjud savdo do’konlari, oshxona va kafe, sartaroshxonalarga kuzatuv kameralari o’rnatish taklifi berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.