Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

3-SEKTORDA FUTBOL MUSOBAQASI BOSHLANDI

×

 2021-01-26 17:23:36    115

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda mamlakatimizda sportga va yosh avlodni kamol toptirishga katta e'tibor berilib, sportga qiziqqan o’g’il-qizlarimiz uchun keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Bugun Qo’shtepa tumanidagi 23-umumiy o’rta ta'lim maktabining o’yingohida 3-sektor mahallalari o’rtasida yoshlar bilan o’tkazilayotgan futbol musobaqasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Musobaqa boshida yurtimiz madhiyasi yangrab, ishtirokchilar unga jo’r bo’lishdi.

Tadbirda tuman IIB boshlig’i, 3-sektor rahbari S.Abdullayev qatnashib ishtirokchilarga omad tiladi.

Tadbir davomida o’yinga starat berildi va mahallalararo futbol o’yinlari boshlandi. Musobaqa so’ngida g’oliblarga 3-sektor rahbarining diplom va qimmatbaho sovg’alari topshiriladi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.