Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“KITOBDAN YAXSHIROQ DO’ST YO’Q JAHONDA”

×

 2021-01-26 14:06:00    286

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizdagi tuman va shaharlarda bo’lgani kabi Qo’shtepa tumanidagi ta'lim muassasalarida ham arzonlashtirilgan narxlarda kitob savdo yarmarkalari tashkil etildi. Shu munosabat bilan tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tuman bo’linmasi,  Xalq ta'limi bo’limi, tuman Axborot kutubxona markazi va boshqa  hamkor tashkilotlar ishtirokida “Oilamiz bilan kitob o’qiymiz” aksiyasi bo’lib o’tdi.

Ushbu aksiya doirasida tashkil etilgan yarmarkada ota-onalar, mahalla faollari, uyushmgan yoshlar, maktab pedagog xodimlari hamda o’quvchi yoshlar faol ishtirok etdilar.

19-48 umumiy o’rta ta'lim maktablarida bo’lganimizda yarmarkaga tashrif buyurgan ota-onalar farzandlari bilan birgalikda savdo rastalaridagi kitoblar bilan tanishib, o’zlari tanlagan kitoblarini xarid qilayotganligining guvohi bo’ldik. Ular ushbu aksiya tashkilotchilariga va arzonlashtirilgan narxlarda o’quvchilarga kitob yetkazib bergan “Farg’ona kitob olami” MCHJ xodimlariga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Bugungi tadbirdagi kitobxon bolakaylarimiz va kitobxon ota-onalarimizni ko’rib Abdurahmon Jomiyning:

Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q jahonda,

G’amxo’ring bo’lgay u g’amli zamonda.

U bilan qol tanho, hyech bo’lmas ozor,

Joningga yuz rohat beradi takror. - Deya qalamga olgan satrlari yodimga tushdi.  

N.Otabekov,                                         

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tuman bo’linmasi rahbari.