Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TARG’IBOT TADBIRLARI QO’SHTEPADA DAVOM ETMOQDA

×

 2021-01-22 15:46:51    87

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari hamda kutilayotgan ijobiy o’zgarishlar to’g’risida viloyat hokimi tomonidan belgilangan reja-jadvaliga asosan mahallalarda, mehnat jamoalarida, ayniqsa yoshlar, ta'lim va sog’liqni saqlash tizimi tashkilotlarida targ’ibot guruhlari tomonidan targ’ibot-tushuntirish ishlari o’tkazilishi belgilangan edi.

Shunga asosan bugun Qo’shtepa tumanidagi 15-Bolalar musiqa va san'at maktabida ta'lim muassasalarining rahbar va o’quvchilari, tuman Tibbiyot birlashmasining yig’ilishlar zalida tibbiyot birlashmasi mehnat jamoasi, “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasida, Yoshlar markazida  faol yoshlar, ta'lim muassasalari o’quvchilari, uyushmagan hamda tadbirkor va hunarmand yoshlar, yoshlar yetakchilari hamda 4 ta sektor hududida joylashgan MFY fuqarolari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida  targ’ibot guruhi tomonidan ochiq muloqot o’tkazildi.

Unda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi Ibrohimjon Sultanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Shavkatjon Sharapov, FarDU Fuqarolik kafedrasi o’qituvchisi O’lmasbek Karimov, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Arabjon Qodirov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Farg’ona viloyat Kengashi raisi Risolatxon Mamajanova shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari,  mas'ul boshqarma va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida targ’ibot guruhi tomonidan “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari hamda kutilayotgan ijobiy o’zgarishlar to’g’risida batafsil ma'lumot berildi. Ishtirokchilar ham 2021 yil Davlat Dasturi va Farmon loyihasiga o’zlarining munosib taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Targ’ibot tadbirlari yakunida yuqoridagi masalalar yuzasidan mutasaddilar tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.