Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KO’TARINKI KAYFIYAT ULASHILDI

×

 2021-01-20 14:35:19    240

PDF yuklash
Chop etish


Soy bo’yi mahallasida pandemiya davrida aholi va yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari va ularga ko’tarinki kayfiyat ulashish maqsadida tuman Madaniyat markazi tomonidan “Mahalla qadiriyat maskani” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir o’tkazildi. Unda mahalla fuqarolar yig’ini xodimlari, mahalla faollari, ayollar va yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida konsert dasturi namoyish etildi. Madaniyat markazi qoshidagi “Kabutar” folklor etnografik xalq jamoasi badiiy rahbari A.Turg’unov boshchiligidagi ansambl ishtirokchilari va xonandalar M.Qosimov, Z.Qosimov, X.Raxmonovlar tomonidan ijro etilgan sara kuy-qo’shiqlar barchaga birdek manzur bo’ldi.

Ushbu tadbirlar Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi,  Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi bilan hamkorlikda Boltako’l, Qumtepa, Garmdon mahalla fuqarolar yig’inlarida ham bo’lib o’tdi.

Tadbirlarda tuman Madaniyat markazi xodimlari va xavaskor yoshlar ishtirokida konsert dasturlari namoyish etildi. Yoshlar ishtirokida sport musobaqalari ham tashkil etildi.

A.AHMADJONOV,

tuman Madaniyat markazi mutaxassisi.