Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAKTABGA KOMPYUTER JAMLANMALARI SOVG’A QILINDI
2021-01-16 17:14:20 176
Bugun tuman hokimligining majlislar zalida hokim o’rinbosarlari, bo’lim boshliqlari hamda tuman hokimligi mutaxassislari ishtirokida hokimlik soati o’tkazildi. Yig’ilishda tuman hokimligida ijro itizomini hamda ichki tartib intizomni mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Tuman hokimi I.Novikov yig’ilish ishtirokchilarini ish faoliyatlari davomida turli korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik, mansab vazifasini suiste'mol qilmaslik, o’ziga yuklatilgan topshiriqlarni o’z vaqtida sifatli bajarish, ijro intizomini yanada oshirish yuzasidan mas'uliyatli bo’lishga chaqirdi.
Shuningdek, tuman hokimi tuman Madaniyat markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag’ishlab o’tkazilgan targ’ibot tadbirida ham ishtirok etdi.
Respublika targ’ibot guruhi hamda 1-sektor hududidagi korxona va tashkilotlar, umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, tibbiyot muassasalari, tadbirkorlik subektlari, ilg’or fermer xo’jaliklari rahbarlari hamda faol yoshlar ishtirokida o’tkazilgan ushbu tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, Davlatimiz rahbarining ushbu Murojaatnomasida belgilangan tadbirlar, yoshlar va ayollar bandligini ta'minlash, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarga to’xtalib o’tdi.
Tuman markazini zamonaviy qiyofaga keltirish hamda infratuzilma ob'yektlarini joylashtirish bo’yicha yo’l loyiha instituti bilan birga amalga oshiriladigan tadbirlarni belgilab olish va dasturini ishlab chiqish mas'ul tashkilot rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan tuman markazida olib boriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etishda arxitektura qurilish normalariga amal qilgan holda joylashtirish bo’yicha loyiha smeta xujjatlarini tayyorlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 4-umumta'lim maktabida ta'lim olayotgan o’quvchilarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishlarini yo’lga qo’yish maqsadida tuman hokimi I.Novikov tomonidan maktab ma'muriyatiga 16 ta kompyuter jamlanmalari topshirildi.
Tuman hokimi “Kattaboltako’l” va “Sarmazor-Eshonguzar” MMTP hududlarida faoliyat ko’rsatib kelayotgan fermer xo’jaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekilgan g’alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, ekin maydonlarini meliorativ holatini yaxshilash maqsadida pol olish, sho’r yuvish hamda ichki sug’orish ariqlarini tozalash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Qishloq xo’jaligi ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, “Texmashservis” mas'uliyati cheklangan jamiyatida g’alla o’rim kombaynlari hamda texnikalarni chigit ekish mavsumiga tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishildi. Mas'ul rahbarlarga ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.