Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING OLIY MAJLISGA MUROJAATNOMASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG’ISHLANGAN TARG’IBOT TADBIRI O’TKAZILDI
2021-01-16 16:33:01 193
Qo’shtepa tumanida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan targ’ibot tadbirlari davom etmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun tumanimizdagi Madaniyat markazida, 2-IDUMI va 9-umumiy o’rta ta'lim maktabining faollar zalida hamda 15-Bolalar musiqa va san'at maktabida bo’lib o’tdi.
Tadbirda sektor rahbarlari, hududlardagi korxona va tashkilotlar, umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, tibbiyot muassasalari, tadbirkorlik sub'yektlari, ilg’or fermer xo’jaliklari rahbarlari hamda faol yoshlar ishtirok etdilar.
Targ’ibot tadbirlari davomida Respublika targ’ibotchi guruhi professor-o’qituvchilarining ma'ruzalari tinglandi. Ma'ruzachilar tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati ta'kidlab o’tildi. Shuningdek, targ’ibot tadbirlari maxsus tayyorlangan videolavha bilan to’ldirildi. Lavhada O’zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan asosiy g’oyalar xalqchil tilda, ta'sirchan shaklda, infografikadan foydalangan holda aholi e'tiboriga yetkazib berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.