Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“OILAMIZ BILAN KITOB O’QIYMIZ!”

×

 2021-01-16 15:12:02    159

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yurtimizda yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do’st bo’lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan yurtimizda 2020-2021 yillar davomida mahallalar, ta'lim muassasalari va tashkilotlarda arzonlashtirilgan narxlarda kitob savdo yarmarkalarini tashkil etish yo’lga qo’yilib,  “Oilamiz bilan kitob o’qiymiz!” aksiyasi o’tkazilmoqda. Ushbu tadbir hozirda Qo’shtepa tumanidagi ta'lim muassasalarida davom ettirilib, aksiya davomida maktab o’quvchilariga arzonlashtirilgan narxlardagi kitoblar yetkazib berilmoqda. 

“Oilamiz bilan kitob o’qiymiz!” aksiyasi Langar mahalla fuqarolar yig’inidagi 20-umumiy o’rta ta'lim maktabida ham bo’lib o’tdi. Ushbu yarmarkada qatnashishlari uchun o’quvchilarning ota-onalariga oldindan taklifnoma yuborilib, ular ixtiyoriy ravishda ishtirok etishdi. Maktabda arzonlashtirilgan kitob savdosini tashkil etilganligidan yarmarkaga tashrif buyurgan ota-onalar va ularning farzandlari mamnun bo’ldilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.