Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“14-YANVAR - VATAN HIMOYACHILARI KUNI!”

×

 2021-01-14 18:45:52    160

PDF yuklash
Chop etish


QO’SHTEPADA VATAN HIMOYACHILARI KUNI YuQORI SHUKUHDA NISHONLANDI

Qo’shtepa tumanida O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan ma'naviy, ma'rifiy, madaniy tadbirlar tashkil etildi.

Yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan madaniy-ma'rifiy va sport tadbirlari ochiq osmon ostida o’tkazildi. Shunday tadbirlardan biri “Marrani baland oling, ertangi kun siz kabi shijoatli yoshlarniki!” shiori ostida bo’lib o’tdi. Tadbirda yoshlarni Vatanga bo’lgan muhabbatini oshirish maqsadida turli tanlov va sport o’yinlari tashkillashtirildi.


Tadbirda harbiy xizmatchilar, Qurolli kuchlar safida xizmat vazifasini o’tagan faxriylar, Mudofaa bo’limi xodimlari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbar va xodimlari, turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan xodimlar va jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdilar.


Bayram tadbirini tuman hokimi I.Novikov ochib, yig’ilganlarni hamda barcha tuman ahlini Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etdi.

Tabrikdan so’ng O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi.

Tadbir davomida tuman Madaniyat bo’limi tomonidan bayram dasturi namoyish etildi. Bolajonlarning Vatanni, tinchlikni tarannum etuvchi qo’shiq va kompozitsiyalari ishtirokchilar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. 

O’g’il va qiz bolalar o’rtasida xavoli quroldan o’q otish bo’yicha sportning biatlon turi hamda mahallalardagi 18-30 yoshlar o’rtasida  sportning voleybol turi bo’yicha o’tkaziladigan tuman kubogi musobaqalariga 13 yanvar kuni start berildi. 14 yanvar kuni musobaqalar natijasiga ko’ra faxrli o’rinlarni egallagan yosh sportchilarimizga va g’olib bo’lgan jamoalarga tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar, Qurolli kuchlar safida xizmat vazifasini o’tagan faxriylar, Mudofaa bo’limi xodimlari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbar va xodimlari, turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan xodimlar uchun ham tuman hokimligi tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbirda tuman hokimi I.Novikov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini bugungi ayyom bilan qutladi. Tadbir davomida tinchlik va barqarorlikni saqlash, mamlakatimiz qudratini yuksaltirish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda alohida o’rnak ko’rsatgan faxriylar, harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot organlari xodimlari va boshqa sohalar vakillari tuman hokimligi tomonidan esdalik sovg’alari hamda Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Bugungi bayram tadbirlari tumanimizdagi maktab va bog’chalarda, tashkilotlarda ham bo’lib o’tdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.