Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SESSIYA: PREZIDENT MUROJAATNOMASI USTUVOR VAZIFALARNI BELGILAB BERDI

×

 2021-01-14 15:57:39    183

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 14 yanvarida Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining 30-sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishiga tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Novikov raislik qildi.

Deputatlar 9-Kattaboltako’l saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati A.Tavakallovni sessiya kotibligiga sayladilar.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar va tashkilotlar rahbarlari, tibbiyot muassasalari vakillari, mahalla fuqarolar yig’ini raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Shuningdek, sessiyada O’zbekiston Oliy Majlisi Senati a'zosi I.Sultanov ham ishtirok etdi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yilning 29 dekabrdagi Murojaatnomasi xalqimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Shunga ko’ra bugungi sessiya kun tartibiga ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, tumanda 2021 yilda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar, ko’riladigan chora-tadbirlar, bu borada belgilangan vazifalar ijrosini o’z vaqtida, tizimli va sifatli ta'minlanishida deputatlik nazoratini yo’lga qo’yish masalasi kiritildi.

Mazkur masala yuzasidan tuman hokimi I.Novikovning axboroti tinglandi. - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga yo’llagan bu yilgi Murojaatnomasi o’z qamrovi, ahamiyati va tegishliliga ko’ra oldingilaridan tubdan farq qiladi - deydi Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Novikov. - Xususan:

birinchidan, bu yilgi Murojaatnoma nafaqat Oliy Majlisga, balki oliyjanob xalqimizga qarata yo’llandi;

ikkinchidan, Murojaatnomada butun dunyoning 2020 yildagi umumiy qiyofasi gavdalantirildi, uning mavjud holati ochib berildi;

uchinchidan, Murojaatnoma qamrab olgan masalalar yuzasidan berilgan takliflarni amalga oshirishning aniq mexanizmlari ham ko’rsatib berildi;

to’rtinchidan, Murojaatnomada mamlakatimizning davlat va jamiyat boshqaruvi, sud-huquq, iqtisodiyot, ijtimoiy hayot va boshqa sohalarda joriy etilishi lozim bo’lgan yangi institutlarning yaratilishi uchun zamin hozirlandi.

Tuman hokimining axborotidan so’ng sessiya ishtirokchilari “Yo’l xarita”si bilan tanishtirilib, unda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tuzilgan monitoring ishchi guruhi tarkibi o’qib eshittirildi.

Barchamizga ma'lumki, O’zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartishlar kiritish to’g’risida”gi Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020 yil 11 dekabrdagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga oid namunaviy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi KQ-161-IV-sonli qarori qabul qilindi.

Shuningdek, 2020 yilning 28 dekabr kuni bo’lib o’tgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 29-sessiyasida tuman Kengashi kotibiyatini tashkil etish masalasi ko’rib chiqilib, Kengashning tegishli qarori bilan Kengash kotibiyati tuzilmasi, Nizomi, shtatlar jadvali, tegishli moliya yili uchun xarajatlar smetasi tasdiqlangan edi. Sessiyada ushbu masala ham ko’rilib, muhokama qilindi.

Tuman Kengashi deputatlarining tavsiyasiga ko’ra,“27-Loyson” saylov okrugidan tuman Kengashi deputatligiga saylangan deputat Arabjon Qodirov xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masalani ko’rib chiqishda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010 yil 30 dekabrdagi 154-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi Namunaviy reglamentining 64-moddasida “doimiy komissiyalar o’z faoliyatini xalq deputatlari Kengashi qarori bilan tasdiqlanadigan ish rejalari asosida amalga oshirishi” belgilangani e'tirof etildi. Shunga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Murojaatnomasi hamda bu borada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Narbayevaning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining joriy yil 6 yanvar kuni bo’lib o’tgan o’n birinchi yalpi majlisidagi ma'ruzasidan kelib chiqib, Kengash hamda Kengash doimiy komissiyalari tomonidan 2021 yilda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan ish va media-rejalari ishlab chiqilgan. Sessiyada deputatlar tomonidan ushbu masala ham ko’rib chiqilib, rejalar tuzildi va bu haqda qaror qabul qilindi.

Sessiya ishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi I.Sultanov  ham so’z olib, o’zining fikr va mulohazalarini bildirdi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari o’zlarining fikr va mulohazalari aytib o’tdilar. Shuningdek, deputatlar Sh.Sharopov, A.Nabiyev, B.Axmedovlar tuman markaziy shifoxonasining bolalar bo’limida jonlantirish bo’limini tashkil etish, shifoxonalarni oqova suvi bilan yanada yaxshiroq ta'minlash va kanalizatsiya tizimidagi ayrim muammolarni bartaraf etish, Eshonguzar mahallasi hududidagi zovurlarni tozalash to’g’risidagi takliflarini ham bildirib o’tdilar.

Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar to’liq ko’rib chiqildi va ushbu masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.