Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SEMINAR BO’LIB O’TDI
2021-01-14 15:47:30 209
Qo’shtepa tumani hokimligining katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 yanvar kungi “Xotin-qizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori mazmun-mohiyatini keng o’rganish, unda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan amaliy seminar bo’lib o’tdi.
Seminarda Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi mas'ul xodimi K.Norqulova, Farg’ona viloyati AT Xalq banki boshqaruvi raisining xotin-qizlar masalalari bo’yicha o’rinbosari G.Rashidova, viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari buyicha maslahatchisi - Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari D.Ergasheva, tumandagi tegishli tashkilotlar, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari va ularning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo’yicha o’rinbosarlari ishtirok etdilar.
Seminarda “Ayollar daftari”ning tizimli yuritilishi, xatlov davomida aniqlangan muammolarning ijobiy hal etilishi yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.