Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANI PROKURATURASI JAMOASIGA TABRIK

×

 2021-01-08 15:55:15    31

PDF yuklash
Chop etish


8 yanvar - Prokuratura xodimlari kuni. Prokuratura organlari xodimlarining kasbiy bayrami sifatida belgilangan kun prokuratura organlarida xizmat qiladigan barcha xodimlar, jumladan faxriylari qalbidagi orzu-umidlar ro’yobga chiqqan qutlug’ sanadir.

Ta'kidlash joiz, prokuratura organlari tomonidan jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta'minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, umuman, barcha yo’nalishlarda salmoqli ishlar qilinmoqda va muhim natijalarga erishilmoqda.

Bugun prokuratura organlari xodimlari zimmalariga yuklatilgan har qanday vazifani bajarishga vijdonan, sadoqat va yuksak mas'uliyat bilan yondashmoqda desak hyech mubolag’a bo’lmaydi.

Prokuratura organlari xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, har bir xodimi Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, olijanob xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni bo’lib, faqat va faqat xalq manfaati yo’lida og’ishmay xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Qo’shtepa tumani hokimligi