Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYATI QO’SHTEPA TUMANI KENGASHINING QARORI

×

 2021-01-08 15:08:55    234

PDF yuklash
Chop etish


2020 yil 28 dekabr                                                         № 147/29-6

 

QO’SHTEPA TUMANINING 2021 YILGI MAHALLIY BYUDJETINI TASDIQLASH TO’G’RISIDA

O’zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida”gi (O’RQ-657-son) Qonuniga (keyingi o’rinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq, 2021 yilda Xalq deputatlari Kengashlarini mahalliy byudjetlarni boshqarishda, xususan mahalliy byudjet xarajatlarini hududiy byudjet mablag’lari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash bo’yicha vakolatlari kengaytirildi.

O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga va mazkur Qonunga hamda Farg’ona viloyat moliya bosh boshqarmasining 2020 yil 28 dekabrdagi VV65256202-sonli xatiga asosan 2021 yil uchun Qo’shtepa tumani mahalliy byudjetini qabul qilish bo’yicha Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashi


QAROR QILADI:


1.        Halq deputatlari Farg’ona viloyat kengashining 2020 yil 28 dekabrdagi  VI-XXIV/121-sonli qaroriga (keyingi o’rinlarda Qaror deb ataladi) muvofiq, 2021 yilgi Qo’shtepa tumani mahalliy byudjetiga viloyat mahalliy byudjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfert 74 984 188,0 ming so’m miqdorida tasdiqlanganligi hamda tuman mahalliy byudjeti daromadlari 49 426 639,0 ming so’m va xarajatlari esa 124 410 827,0 ming so’m miqdoridagi prognozlari ma'lumot uchun qabul qilinsin.

2.        Qarorga asosan 2021 yilda:

a) Mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig’i va alkogol maxsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig’idan tushumlar 2020 yil 1 iyul holatiga ko’ra tuman va shahar aholisining viloyat aholisidagi ulushiga muvofiq o’tkazib berilishi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

b) Quyidagi soliq turlari tuman mahalliy byudjetiga to’liqligicha o’tkazib berilishi ma'lumot uchun qabul qilinsin:

- jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i;

- jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i;

- aylanmadan soliq;

- jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan yillik daromadlari bo’yicha deklaratsiyaga asosan to’lanadigan soliq;

- yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to’lanadigan daromad solig’i;

- davlat mulki bo’yicha ijara to’lovlari;

- yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablag’lari;

- byudjet tashkilotlari asosiy vositalari sotilishidan tuman va shahar byudjetiga tushadigan tushumlar;

  v) Shahar va tumanlar mahalliy byudjetlariga quyidagi ulushlarda:

  Qurilish materiallari bo’yicha yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq turidan tushumlarning 50 foizi;

Yakuniy iste'molchilarga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz realizatsiyasi qilishdagi aksiz solig’idan tushumlarning 20 foizi;

Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’idan tushumlarning (jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan yillik daromadlari bo’yicha deklaratsiyaga asosan to’lanadigan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to’lanadigan daromad solig’idan tashqari) 50 foizi o’tkazib berilishi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

3.        2021 yil uchun tuman mahalliy byudjeti daromadlarining prognoz ko’rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4.        Tuman mahalliy byudjetidan 2021 yilgi hududiy byudjet mablag’larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5.        Qonunning 8-moddasiga muvofiq zaxira jamg’armalari mahalliy byudjetlarning tasdiqlangan xarajatlarining kamida 1 foizi miqdorida shakllantirilishi belgilanganligidan kelib chiqib, 2021 yil uchun tuman mahalliy byudjeti zaxira jamg’armasi hajmlari 1 232 929,0 ming so’m miqdorida tasdiqlansin.

Tuman hokimligi zaxira jamg’armasi mablag’larini tuman byudjetida ko’zda tutilmagan, kechiktirib bo’lmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo’lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo’naltirilishini ta'minlasin.

6.        Qarorga ko’ra 2021 yil uchun tuman byudjetida yo’l qo’yiladigan eng kam mablag’lar o’tgan yilga nisbatan o’zgarishsiz ya'ni 769,0 mln.so’m miqdorda belgilanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

7.        Qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo’yicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 3-ilovaga hamda jismoniy shaxslar bo’yicha (dehqon xo’jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan tashqari) mutloq miqdorda

1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  Bunga ko’ra, tuman davlat soliq inspeksiyasi tasdiqlangan kofitsentlar va soliq stavkalariga muvofiq 2021 yil uchun jismoniy va yuridik shaxslarga yer solig’ini hisoblash vazifasi yuklatilsin.

  Bunda, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) summasi 2020 yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozimligiga alohida e'tibor qaratsin.

8.        Tuman byudjetida shakllangan qo’shimcha manbalar tegishincha tuman Kengashi tomonidan tuman hokimligi takliflari asosida, Kengashlar qarorlariga asosan foydalanilishi belgilansin. Bunda, shakllanadigan qo’shimcha manbalardan birinchi navbatda ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirish nazarda tutilsin.

9.        Tuman mahalliy byudjeti daromadlarning prognoz ko’rsatkichlari hokimlikning faoliyatiga bog’liq bo’lmagan holda 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa va moliya yili oxirigacha ushbu mablag’larning tushish ehtimoli bo’lmasa, viloyat hokimligiga xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan ko’rilayotgan choralar bilan birgalikda tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan viloyat hokimligiga murojaat qilishi qonun bilan belgilanganligi inobatga olinsin.

10.      Tuman hokimligi tashabbusi bilan qo’shimcha amalga oshiriladigan tadbirlar uchun talab etiladigan mablag’lar mahalliy byudjetning ijrosi davomida shakllangan qo’shimcha manbalar hisobidan amalga oshirilishi qat'iy belgilab qo’yilsin.

11.      Tuman hokimligi hududiy byudjet mablag’lari taqsimlovchilar bilan birgalikda:

tegishli byudjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, oziq-ovqat va dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlarini yetarli darajada rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirilishini ta'minlash;

mahalliy byudjetning qo’shimcha manbalari hisobidan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari olib borilayotgan ob'yektlar ro’yxati, shuningdek qurilish-ta'mirlash ishlarini moliyalashtirilishi to’g’risidagi ma'lumotlar har chorak yakunlariga ko’ra, keyingi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar hokimliklar tomonidan majburiy tartibda o’z rasmiy veb-saytlariga joylashtirish;

mahalliy byudjetning qo’shimcha daromadlarini 10 foizidan kam bo’lmagan miqdorlarda jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltirishni, veb-saytlariga ularning natijalarini joylashtirsin.

12.      Tuman hokimligi Qonunga muvofiq tegishli ravishda byudjet mablag’lari taqsimlovchilarning byudjet mablag’laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar bo’yicha hisobotlarini tuman Kengashiga kiritib borilishini ta'minlasin.

13.      Tuman hokimligi byudjet daromadlari va xarajatlarining ko’rsatkichlarini bajarilishini ta'minlash, soliq bazasini kengaytirish hamda iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rish, byudjet mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanishi ustidan qat'iy nazoratni o’rnatishi uchun Kengashga axborot kiritsin.

14.      Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi hamda tuman hokimligi zimmasiga yuklatilsin.


Xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashi raisi:                                         I.Novikov