Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR QABUL: HAR BIR MUAMMONING ALBATTA, YECHIMI BOR
2021-01-08 14:27:16 190
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko’tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo’yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o’tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Zero, Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Shu ma'noda, Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov hududlarda muntazam ravishda aholi uchun sayyor qabul o’tkazib kelmoqda. Yangi yilning ilk sayyor qabuli bugun 1-sektor shtabida bo’lib o’tdi.
Tadbirda hokim o’rinbosarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev hamda aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabul davomida sektor rahbari I.Novikov ishtirokida aholining murojaatlari atroflicha o’rganib chiqildi.
Sayyor qabulda 15 nafardan ziyod fuqarolar suv va elektr ta'minoti, bank, bandlik, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid murojaatlari bilan ishtirok etdilar.
Tuman hokimi tomonidan muammolar birma bir tinglandi va yechimiga e'tibor qaratildi. Qabul davomida fuqarolarni kundalik hayotida qiynab kelayotgan yechimi qulay muammolar ijobiy yechimini topdi.
Ayrim murojaatlarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi, shuningdek, kelib tushgan murojaatlarning barchasi qabul qilinib ijroga qaratildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.