Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2021-01-08 08:20:54 202
Joriy yil 6 yanvar kuni “Farg’ona | Kun.uz” saytida «3 nafar yosh bolam bilan uyda «muzlab» o’tiribmiz» sarlavhasi ostida tanqidiy murojaat chop etilgan edi.
Murojaatda: - «Shohmirza» MFYda «svet» umuman yo’q. 24 soat mobaynida 2 soat berilyapti, xolos. Iltimos, xalqni o’ylanglar. Hyech bo’lmasa, vaqti bilan o’chiringlar. Azobda qoldik» - deya shikoyat qilingan.
Ushbu murojaat yuzasidan Qo’shtepa tumani Elektr ta'minoti korxonasi ma'muriyati quyidagilarni ma'lum qiladi:
- Murojaatda ko’rsatilgan Shomirza mahalla fuqarolar yig’ini hududida elektr ta'minotidagi uzilishlar L.Ochistnaya 110 kV uzatmasida avtomatik yuklamani cheklash qurilmasi ishlashi natijasida sodir bo’lmoqda. Qishki mavsum boshlanishi bilan elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojning keskin ortishi energotizimda quvvat tanqisligini keltirib chiqaradi. Quvvat balansini saqlash uchun 110 kV uzatmalar yuklamani avtomatik cheklash qurilmasi himoya tizimiga kiritiladi. Uzatmada yuklama miqdori ortishi bilan himoya qurilmasi avtomatik tarzda uzatmani sistemadan ajratadi. Bundan tashqari Respublikada tabiiy gaz bosimini pasayishi ishlab turgan elektrostansiyalarni to’liq quvvat bilan ishlay olishiga salbiy ta'sir o’tkazmoqda. L.Ochistnaya 110 kV uzatmasidan Yozyovon, Toshloq tumanlari, Marg’ilon shahri hududlari hamda Qo’shtepa tumanining Shomirza, Paxtakor, Borot, Garimdon, Loyson, Shahartepa, Dehqonobod, Yangiariq, Shodlik, Langar, Qorakaltak mahalla fuqarolar yig’inlaridagi iste'molchilar elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.
Izoh: “Farg’ona | Kun.uz” saytiga murojaat yo’llagan fuqaroning ismi-sharifi, yashash manzili ko’rsatilmaganligi sababli murojaatchi bilan uchrashishning imkoniyati bo’lmadi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.