Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PREZIDENT MUROJAATNOMASI - REJALASHTIRILAYOTGAN ISHLARNING DEBOCHASIDIR
2021-01-06 17:15:03 216
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi yuzasidan Qo’shtepa tuman hokimligi tuman Axborot kutubxona markazida, markaz ishchi-xodimlari o’rtasida “Prezident Murojaatnomasi - rejalashtirilayotgan ishlarning debochasidir” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida tuman hokimining maslahatchisi U.Xolmatov va tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo’limi rahbari N.Otabekovlar ishtirok etdilar. Ular o’z so’zlarida muhtaram Prezidentimiz 2021 yilni “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb e'lon qilganliklari va ularning Murojaatnomasidagi ta'lim muassasalariga va ustozlarga berilayotgan e'tiborlaridan ruhlangan holda, bugungi kunda ijtimoiy soha vakillari oldilariga qo’ygan vazifalari nimalardan iboratligi, hozirgi yoshlarimizning ta'lim-tarbiyasiga qanchalik e'tibor berish kerakligi, buning uchun ma'naviyatni, avvalo, o’zimizdan boshlashimiz kerakligi haqida alohida to’xtalib o’tdilar.
Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan Murojaatnomada keltirib o’tilgan maqsad va vazifalarning mazmun-mohiyati chuqur tahlil etildi. Shuningdek Prezidentimiz Murojaatnomasidagi “Yangi yilda yanada katta safarbarlik ruhida ishlashimizga to’g’ri keladi”, - degan gaplarini dasturilamal qilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
U.Xolmatov,
tuman hokimining maslahatchisi.