Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 154 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2020-12-31 14:40:49    103

PDF yuklash
Chop etish


“Farg’ona | Kun.uz” saytiga Qo’shtepa tumani Balandmasjid mahalla fuqarolar yig’ini, Navro’z ko’chasi, 305-uyda yashovchi A.Raxmatov murojaat yo’llagan bo’lib, uning murojaati bo’yicha Qo’shtepa tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosari B.Qurbonov quyidagilarni ma'lum qildi:

- Balandmasjid MFY, Navro’z ko’chasi, 305-uyda yashovchi fuqaro A.Raxmatov ushbu masalada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga ham bir necha marotaba murojaat qilgan. Uning murojaatlari viloyat va tuman mutasaddi idoralari xodimlari tomonidan o’rganilgan.

A.Raxmatovning murojaati yuzasidan viloyat hokimining farmoyishiga asosan, viloyat va tuman hokimligi mas'ullari hamda hudud mutasaddi tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh tuzilgan.

O’rganish natijasi yuzasidan quyidagilar ma'lum bo’lgan.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida fuqaro A.Raxmatov yashab kelayotgan Balandmasjid MFY, Navro’z ko’chasi, 305-uy joylashgan ko’cha yo’li yo’nalishini to’g’rilash va kengaytirish, buning uchun shu yo’lga tutash joylashgan qabriston hududining bir qismini yo’l hisobiga ajratish (qo’shish) masalasi yuzasidan viloyat ishchi guruhi rahbari fuqaro A.Raxmatov bilan birga murojaat ob'yektini ko’zdan kechirishganida, ko’cha yo’li yo’nalishini to’g’rilash va kengaytirish lozimligi, shu yo’lga tutash bo’lgan qabriston hududining bir qismini yo’l hisobiga ajratib berish maqsadga muvofiq deb topilgan.

Lekin, ushbu ishlar hozirgi kunda qish mavsumi bo’lganligi sababli

2021 yilning 1-choragida hudud faollari va keng jamoatchilikning fikrini o’rgangan holda, fuqaro A.Raxmatov boshchiligida mahalla faollari, Qo’shtepa tumani hokimligi, tuman mutasaddi tashkilotlari hamda xomiylar ko’magida amalga oshirilishi belgilangan.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.