Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TABRIK
2020-12-31 11:11:37 217
BOSHLANAYOTGAN YANGI YILINGIZ MUBORAK BO’LSIN!
Aziz tumandoshlar!
Yangi, 2021 yil ostonada turibdi. Bunday kezlarda har qanday odam ortga qarab, yakunlanayotgan yilni sarhisob qiladi. Shu ma'noda tarixga kuzatayotgan yilimiz dunyo miqyosida og’ir keldi. Tojdor virus balosidan ne-ne iqtisodiy, ma'naviy, ruhiy yo’qotishlar kuzatilmadi, deysiz. Shukrki, Yurtboshimiz rahnamoligida O’zbekistonimiz xalqi bu sinovlardan bir-biriga mehr-saxovat ko’rsatib, qo’llab-quvvatlagan holda mardona o’tib bormoqdagina emas, balki pandemiya sharoitida yashash, mehnat qilish ko’nikmasini kashf eta bildi. Shuning uchun ham mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyot bir maromda davom etdi. Jumladan, tumanimizda ham.
Yaqindagina xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasida Qo’shtepa xalqiga Murojaat bilan chiqishim jarayonida barcha jabhalarda 2020 yilda erishilgan natijalarni tahlil etish chog’ida bu yaqqol namoyon bo’ldi. Qo’lga kiritilgan natijalar, istiqboldagi rejalar, albatta, tuman xalqining vaziyatni to’g’ri baholagan holda qilgan fidokorona mehnati samarasidir. Yangi yil uchun belgilagan rejalarning bekamu ko’st ado etilishi, tumanni "qizil hudud"dan chiqarish yo’lida olib borilayotgan sa'y-harakatlarda ham fidoyilik va vatanparvarlik namunalarini ko’rsata olishingizga ishonaman.
Qadrdonlar! Sizlarni yangi orzu-niyatlarga qanot baxsh etib kirib kelayotgan 2021 yil bilan samimiy tabriklayman. Koronavirus balosi xavf-xatarlari ortda qolsin. Boshlanayotgan yilimiz xonadonlarimizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka olib kelsin. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo’lida qilayotgan ezgu ishlarimizga Yaratganning o’zi madad bersin! O’g’il-qizlarimiz baxtu kamoli yo’lidagi intilishlarimiz bardavom bo’laversin. Barcha-barchangizga eng katta boylik--mustahkam salomatlik tilayman. Boshlanayotgan Yangi yilimiz hammamiz uchun xayrli, sharofatli kelsin!
Ilyosbek NOVIKOV,
xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi.