Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ALLA-ONA QALBI ARMUҒONI

×

 2020-12-30 11:53:31    153

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanidagi maktablarning ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari o’rtasida “Eng chiroyli nutq egasi” hamda  “Alla” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.

Yoshlar markazida o’tkazilgan ushbu tanlov tuman hokimligi, tuman Xalq ta'limi bo’limi hamda Ma'naviyat va ma'rifat  markazi hamkorligida tashkil etildi.

Mazkur ko’rik-tanlovda tumandagi 50 ta umum ta'lim maktablaridan tuman bosqichida qatnashishlari uchun ғoliblar saralanib olindi.

O’tkazilgan ko’rik-tanlovlar natijasiga ko’ra, “Eng chiroyli nutq egasi” tanlovida faxrli 1-o’rinni tumanimizdagi 2-IDUMI ona tili va adabiyoti o’qituvchisi I.Rizayeva, 2-o’rinni 7-umumiy o’rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyoti o’qituvchisi B.Soqiyeva hamda 3-o’rinni esa 5-umumiy o’rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyoti o’qituvchisi O.Qodirova egalladi.

“Alla” ko’rik-tanlovida 7-umumiy o’rta ta'lim maktabi ona tili adabiyoti o’qituvchisi O.Mamayusupova 1-o’rinni, 5-umumiy o’rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyoti o’qituvchisi O.Qodirova 2-o’rinni hamda 20-umumiy o’rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyoti o’qituvchisi M.Amirchayeva 3-o’rinni qo’lga kiritdilar.

Tuman bosqichida ishtirok etgan barcha qatnashchilar  tuman  hokimligi va ma'naviyat bo’limi tomonidan faxriy yorliq hamda  esdalik sovғalar bilan taqdirlandilar.

U.Xolmatov,

tuman hokimining maslahatchisi,

N.Otabekov,

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tuman bo’linmasi rahbari.