Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SESSIYADA 2021 YILGI MAHALLIY BYUDJET TASDIQLANDI

×

 2020-12-28 16:30:52    244

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi videoselektor tarzida bo’lib o’tdi. Ushbu sessiya shahar va tumanlarda ham kuzatib borildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi majlislar zalida bo’lib o’tgan ushbu sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, umumta'lim maktablari direktorlari, qishloq va oilaviy poliklinikalar mudirlari, mahalla fuqarolar yig’ini raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Kun tartibiga kiritilgan Farg’ona viloyatining 2021 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash va boshqa masalalari eshitildi.

Ushbu sessiyadan so’ng Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining yigirma to’qqizinchi sessiyasi ham o’tkazildi.

Sessiya ishiga tuman hokimi Ilyosbek Novikov raislik qildi.

Deputatlar 17-Beshkapa saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati S.Nuriddinovni sessiya kotibligiga sayladilar.

Sessiya kun tartibiga birinchi masala etib, tegishli soha mas'ullari tomonidan shakllantirilgan Qo’shtepa tumanining 2021 yilgi mahalliy byudjeti loyihasini ko’rib chiqib, muhokama qilish va tasdiqlash kiritilgan edi.

Ushbu masala, “Qo’shtepa tumanining 2021 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to’g’risida” tuman moliya bo’limi mudiri I.Akbarov ma'ruza qildi.

Sessiya kun tartibidagi keyingi masala “Pandemiya davrida doimiy daromad manbaasini yo’qotgan, kam ta'minlangan, kambag’al oilalarni qo’llab-quvvatlash natijasida sektorlar hududidagi ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti yaxshilangan oilalarni ehtiyojmand oilalar ro’yxati (“temir daftar”)dan chiqarish bo’yicha” tumandagi 4 ta sektor rahbarlari hisobot berdilar.

Kun tartibidagi “Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashi kotibiyatini tashkil etish to’g’risida”gi masalani kengash raisi I.Novikov atroflicha sharhlab, tushintirib berdi.

-  Barchamizga ma'lumki,  - deydi I.Novikov o’z ma'ruzasida. - 2017-2021  yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini tashkiliy, texnikaviy va axborot-tahliliy jihatdan qo’llab-quvvatlash, Kengash a'zolari tomonidan viloyatdagi davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalarining faoliyati, shuningdek, Davlat dasturlarining hududlar kesimida ijro etilishi ustidan ta'sirchan deputatlik nazoratini samarali ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlarini tashkil etish belgilangan.

Tuman Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga deputatlar orasidan mas'uliyatli, tajribali, jamoatchilik orasida obro’-e'tiborga ega nomzodlarni tanlanadi hamda tegishli Kengashga tavsiya etiladi, kotibiyat bosh mutaxassisi lavozimiga sohani yaxshi tushunadigan, yegarlicha tajribaga ega, tashabbuskor kadrlar jalb etiladi.

Sessiya davomida tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish borasida 11 oy mobaynida hamda 2020 yilning noyabr oyida amalga oshirilgan ishlar (tadbirlar) yuzasidan tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’ining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo’yicha o’rinbosari A.Qo’chqorovning hisoboti ham tinglandi.

Sessiyada kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ham ko’rib chiqildi va muhokama etildi. Kun tartibida ko’rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Sessiyada deputatlar va boshqa ishtirokchilar juda faol ishtirok etdilar. Ular tomonidan ko’plab savol va takliflar bildirildi. Savollarga tuman hokimi, tegishli o’rinbosarlar, tashkilot rahbarlari javob berishdi va takliflar inobatga olindi.

Kun tartibida ko’rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.