Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 112 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI

×

 2020-12-25 16:39:25    169

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tumanimizdagi 1-umumta'lim maktabida tuman hokimi I.Novikov va hududdagi yoshlar ishtirokida “Hokim va yoshlar” urashuvi bo’lib o’tdi.

Samimiy va oshkora ruhda o’tgan tadbirda yoshlar o’zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan tuman hokimiga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qildi.

Uchrashuvda 17 nafar yoshlar tadbirkorlik, kredit hamda bandlik masalalari bo’yicha murojaat qilishdi. Joyida hal qilish imkoni bo’lgan og’zaki murojaatlar shu joyning o’zida qanoatlantirildi. Atroflicha o’rganish taqozo etiladigan masalalarni hal etish yuzasidan vakolatli idoralarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, qo’l jangi bo’yicha Toshkent shahrida o’tkazilgan musoboqada faxrli 2-o’rinni egallagan maktab o’quvchisi Sherzodbek Odilovga tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.