Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

E'TIBORDAN KO’NGILLAR SHOD BO’LDI

×

 2020-12-25 16:36:28    232

PDF yuklash
Chop etish


Yangi yil - barcha uchun yoqimli va quvonchli bayramdir. Bu bayramni, ayniqsa, bolajonlar intiqlik bilan kutib, «Yangi yil mo’jizasi»ni orzu qiladi hamda bu ularning hayolida deyarli g’aroyib va sarguzashtlarga boy eng quvnoq bayramlardan biri hisoblanadi.

Mana, yangi yil bayramiga ham sanoqli kunlar qoldi. Bolajonlarimizning hayajonlari esa kun sayin ortib bormoqda. Shunday ulug’ kun arafasida tuman hokimi I.Novikov Sarmozor mahalla fuqarolar yig’ini Guliston ko’chasiga qorbobo bilan birga tashrif buyurdi.

Ushbu xonadonda yashovchi M.Azizovaning qizi M.Muhammadjonova bilib-bilmay o’z yo’lidan adashdi. Xozirda uning farzandlarini onasi M.Azizova o’z tarbiyasiga olgan.

Tuman hokimi bugun M.Azizovaning xonadonida bo’lib, ularning holidan xabar oldi. Hamda ushbu oilaga oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasini va bolajonlarga yangi yil sovg’alarini ulashdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.