Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KIM VATANGA SODIQ BO’LSA, MENDIRMAN O’SHA
2020-12-25 15:09:02 221
Mamlakatimizda "Kim Vatanga sodiq bo’lsa, mendirman o’sha" shiori ostida vatanparvarlik oyligi boshlandi va u yangi yilning 15 yanvariga qadar davom etadi.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, aholining milliy armiyamizdan faxrlanish va unga bo’lgan ishonch hissini oshirish maqsadida o’tkazilayotgan mazkur vatanparvarlik oyligi boshlanishi munosabati bilan Qo’shtepa tumanida ham karantin qoidalariga amal qilgan holda tadbirlar o’tkazilmoqda.
"Kim Vatanga sodiq bo’lsa, mendirman o’sha" shiori ostidagi tadbir bugun tumanimizdagi 49-umuta'lim maktabida bo’lib o’tdi.
Unda Sharqiy harbiy okrug ma'naviyat ma'rifat markazi harbiy orkestri, 48982 harbiy qism targ’ibot tashviqot guruhi, aholi va yoshlar ishtirok etdilar.
Marosimda yangragan Davlatimiz madhiyasi barcha ishtirokchilar jo’rligida ijro etildi.
Shundan so’ng harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar san'atga oid ko’rgazmali chiqishlar, harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko’rgazmalari namoyish etildi.
Harbiy orkestrning chiqishlari, ular tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar tadbir ishtirokchilariga birdek manzur bo’ldi.
Albatta bunday tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish, ularni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni aholiga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.