Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA: BUGUNGI MANZIL QAMISHTEPA MAHALLASI

×

 2020-12-25 14:00:24    256

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Qamishtepa mahalla fuqarolar yig’inida bo’ldi. Aholining barcha qatlamlari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni o’z joyida aniqlash va bartaraf etish maqsadida hududda sayyor qabul o’tkazdi.

         Qamishtepa mahalla fuqarolar yig’ini binosida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligining mutasaddi rahbarlari va davlat idoralari rahbarlari ishtirok etishdi.

         Sayyor qabulda 10 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, ularning murojaatlari, o’z yechimini kutayotgan 11 ta masalalari ko’rib chiqildi. Ta'kidlash joizki, sayyor qabulda hyech bir murojaat e'tiborsiz qoldirilmadi.

         Tuman hokimi sayyor qabul davomida uy-joy, yo’llarni asfaltlash, suv va elektr ta'minoti kabi masalalarga aniq va tezkor choralar ko’rish bo’yicha tegishli idora rahbarlariga topshiriqlar berdi.

         O’tkazilayotgan sayyor qabullarning ahamiyatli jihati shundaki, xalq orasidagi muloqotlar davomida ko’plab muammolar ijobiy hal etilmoqda.

         Sektor rahbari I.Novikov Qamishtepa mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi “Nuroniylar maskani”da ham bo’ldi.

         So’lim go’shada joylashgan ushbu maskan tumanimizdagi nuroniylar uchrashib, fikr almashib, horidiq chiqarishlari, bir piyola choy ustida suhbat qurishlari uchun tashkil etilgan.

         Oramgohdagi tibbiyot xonasi, kutubxona, stol tennisi, shaxmat-shashka to’garagi va mo’'jaz choyxona qariyalarimizning xizmatiga muntazir.

          Albatta bunday yuksak e'tibor hamda g’amxo’rlikdan tumanimizdagi nuroniy va faxriylar juda mamnun.

         I.Novikov “Nuroniylar maskani” yonida joylashgan “Murodbaxsh ota vale” va “Aylanma ota” ziyoratgohlarida ham bo’ldi.

         Ushbu ziyoratgohlar tuman hokimining tashabbusi bilan qayta ta'mirlandi. Ushbu joyga keluvchilar uchun shart-sharoitlar yaratildi.

         Tuman hokimi tomonidan ushbu ziyoratgohlarda obodanlashtirish va tozalash ishlarini olib borish uchun tegishli idora rahbarlariga topshiriq va ko’rsatmalar berildi.

         Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.