Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SEKTOR RAHBARLARI DEHQON BOZORIDA
2020-12-24 16:39:46 182
Pandemiya davrida aholini arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash kunimizning asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Shu maqsadda Qo’shtepa tumanida sektor rahbarlari tomonidan bozorlarda narx-navoning sun'iy ravishda oshib ketishini oldini olish bo’yicha o’rganish ishlari olib borilmoqda.
Bugun tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Shomurodov va tuman IIB boshlig’i, 3-sektor rahbari S.Abdullayevlar “Dehqon bozori”da bo’lib, bozor rastalaridagi narx-navo va sotuvchi-xaridorlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Sektor rahbarlari tomonidan mutasaddilarga bozorda narx-navoning sun'iy ravishda oshib ketishiga yo’l qo’ymaslik va uni oldini olish bo’yicha kerakli ko’rsatmalar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.