Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YOSH KITOBXON”LAR SARALANDI

×

 2020-12-24 16:22:22    136

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o’rganish va targ’ib qilish maqsadida yoshlar o’rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-3721-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida buyuk adib va mutafakkirlarimizning nodir merosi, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o’rganish va targ’ib etish, yoshlarimizni o’zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o’rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirishga qaratilgan “Yosh kitobxon” tanlovi o’tkazilmoqda.

15-19 yoshli kitobxonlar o’tasidagi sinov bugun Qo’shtepa tumanidagi “Yoshlar markazi”da  bo’lib o’tdi. Tanlovda tumanimizdagi 100 nafardan ziyod kitobga do’st yoshlar ishtirok etib, o’z bilimlarini sinab ko’rdilar.

Tuman bosqichida eng yuqori ball to’plagan yoshlarimiz R.Yusufjonova, D.Abdullayeva, I.Roziqova, G.Ergashaliyeva, M..Muxiddinova, M.Odiljonovalar keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdilar.

D.XOLIQOV,

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Qo’shtepa tuman Kengashi raisi.