Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 327 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLAJONLARGA TUHFA

×

 2020-12-23 10:01:57    139

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda koronavirus pandemiyasi sababli karantin joriy etilganligiga qaramay hududlarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari davom ettirilmoqda. Bugun ozod va obod yurtimiz yanada chiroy ochmoqda.

So’nggi yillarda tumanimiz bunyodkorlik va qurilish maydoniga aylandi. Har qadamda qad ko’tarayotgan binolar, inshootlar, ayniqsa zamonaviy ko’rinish kasb etayotgan ko’p qavatli va namunaviy uylar fikrimizning yorqin isbotidir.

Sohibkor mahallasida aholiga yana bir qulaylik yaratildi. Kuni kecha mahalla hududida "Mango" deb nomlangan ovqatlanish va bolalar uchun o’yin majmuasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirda tuman hokim I.Novikov, bir guruh mahalla faollari, "Heppi Bebbi" va 6-MTT tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar.

Qishning sovuq kunlarida ob-havo doim ham bizni quvontirmaydi, shuning uchun bolalar bilan odatdagidek ochiq joylarda sayr qilish va hovlidagi o’yinlardan voz kechishga to’g’ri keladi. Ushbu mahalladagi "Mango" o’yingohining ochilishi bolajonlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun bayramoldi tuhfa bo’ldi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.