Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPADA “YOSHLAR FESTIVALI”
2020-12-21 16:47:41 180
Qo’shtepa tumanidagi “Yoshlar markazi”da tuman hokimligi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamda O’zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi hamkorligida “Yoshlar festivali” doirasida badiiy ko’rgazmalar, sayohatlar, uchrashuv va viktorina tadbirlari o’tkazildi.
Tadbirda tumandagi 1-2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablari o’rtasida “Zakovat” intelektual o’yini o’tkazildi. Qizg’in va munozaralarga boy o’tgan bellashuvda 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi jamosi g’oliblikni qo’lga kiritdi. G’olib jamoa O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamda O’zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Shu kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Raximov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi I.Ismoilov va tuman Kengashi deputati A.Abdumalikovlar ishtirokida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” ham bo’lib o’tdi.
Uchrashuv chog’ida deputat Sh.Raximov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida amalga oshirilayotgan qonunlar qay tartibda qabul qilinishi va hozirgi siyosiy jarayonlar to’g’risida yoshlarga keng tushunchalar berdi.
Tuman Kengashi deputati A.Abdumalikov ham so’z olib, bugungi kunda tumanimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida to’xtalib o’tdi.
Uchrashuv davomida yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
“Yoshlar festivali” doirasida tumandagi Qiyqi mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan “GRAF textil” tikuvchilik korxonasiga xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan “Biznes sayohat” ham tashkil etildi. Sayohat davomida tikuvchilik korxonasining faoliyati xotin-qizlar tomonidan keng qiziqish bilan o’rganildi. Shu kunning o’zida korxonadagi bo’sh ish o’rniga 2 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirilib, ular bilan mehnat shartnomasi tuzildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.