Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“DEHQON BOZORI”DA YARMARKA TASHKIL ETILDI

×

 2020-12-18 15:27:31    140

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanidagi “Dehqon bozori”ning faoliyati bilan tuman hokimi va sektor rahbarlari doimiy ravishda tanishib boradilar. Tuman prokurori M.Shomurodov “Dehqon bozori”da bo’lib, bozor hududida tashkil etilgan savdo yarmarkalari faoliyati bilan tanishdi. Mahsulotlar narx-navosi barqarorligi va sifatini ta'minlash, bozor hududida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya etilishini ta'minlash yuzasidan tuman prokurori tomonidan tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan tumandagi markaziy “Dehqon bozori”da qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlarining savdo yarmarkalari tashkil etilganligidan xabaringiz bor. Ushbu yarmarkada oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi hamda go’sht mahsulotlari aholiga arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda.

Bayram oldidan bunday savdo yarmarkalarining tashkil etilishi, aholimizning dasturxoni to’kin-sochin bo’lishini ta'minlaydi. Bunday qulaylikdan albatta aholi mamnun.

Shuningdek, pandemiya davrida aholining bayramoldi kayfiyatini ko’tarish maqsadida tuman hokimligi va dehqon bozori ma'muriyatining tashabbusi bilan haftaning payshanba va yakshanba kunlari archa atrofida teatrlashtirilgan ko’rinishlar namoyishi bo’lib o’tmoqda. Albatta bu tadbirlar tumanimiz aholisini bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazishlari uchun tashkillandi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.