Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2020-12-18 09:31:35    244

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumanida aholi o’z yonidan pul sarflab simyog’ochlarni yangilab, transformator o’rnatmoqda” sarlavhasi ostida xabar tarqatildi.

Ushbu xabarni Qo’shtepa tuman elektr ta'minoti korxonasi boshlig’i A.Yusupov quyidagicha izohlaydi:

- Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan xabar Qo’shtepa tumani, Qamishtepa mahalla fuqarolar yig’ini, Chorbog’ ko’chasida yashovchi fuqarolar tomonidan yuborilgan bo’lib, ushbu xonadonlarning elektr ta'minoti PS Fayzobod 35/10 kV dan chiquvchi 10 kV kuchlanishli Namuna uzatmasidagi TP-19/250 kVA dan bajarilgan.

Fuqarolar elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida xomiylik asosida mahallaga qo’shimcha transformator punkti o’rnatish uchun Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilishgan. Quvvati 250 kVA bo’lgan transformator punkti, 10 kV kuchlanishli uzatma uchun 9 dona, 0.4 kV uzatma uchun 6 dona temir beton tayanchlari tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan o’rnatildi. Barcha materiallar mahalla tomonidan, qurilish montaj ishlari esa elektr ta'minoti korxonasi tomonidan amalga oshirilganini ma'lum qilamiz.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.