Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ BILAN MULOQOT

×

 2020-12-18 08:54:04    187

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida deputatlar o’z okruglaridagi aholi bilan muntazam ravishda uchrashuv va muloqotlarni tashkil etib bormoqdalar.

Ana shunday xalq bilan muloqotlarning biri, Qo’shtepa tumanidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan deputat Sh.Raximov  ishtirokida bo’lib o’tmoqda.

Ushbu muloqot Eshonguzar mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 49-umumta'lim maktabining majlislar zalida tashkil etildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Raximov, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Nabiyev, tuman Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limining mas'ullari, siyosiy partiyalar rahbarlari, deputatlar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’ini xodimlari hamda mahalla vakillari ishtirok etishdi.

Muloqot chog’ida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Raximov ayni kunlarda mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirlayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar va ularning mazmun-mohiyati haqida gapirib o’tdi.

Ochiq muloqotda fuqarolar tomonidan mahalla hududidagi mavjud muammolar muhokama qilindi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tegishli korxona, tashkilot va muassasalar hamda deputatlar tomonidan nazoratga olindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.