Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR HAYOTIDAGI ENG DOLZARB MASALA - ULARNING BANDLIGINI TA'MINLASH

×

 2020-12-17 16:57:26    166

PDF yuklash
Chop etish


3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig’i S.Abdullayevning tashabbusi bilan bugun Borot mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 43-umumta'lim maktabida “Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi” bo’lib o’tdi.

Tadbirda eng avvalo hududdagi ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etilib, tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashdilar.

“Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi” maktabning majlislar zalida o’tkazildi. Unda 3-sektor rahbari S.Abdullayev, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Raximov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev, tuman Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limining mas'ullari, siyosiy partiyalar rahbarlari, deputatlar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig’ini xodimlari, hududdagi aholi va yoshlar ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirni 3-sektor rahbari S.Abdullayev ochib berdi.

- Yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni hayotda o’z o’rnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, ularni kasbga yo’naltirish va bandligini ta'minlash, ularni turli zararli illat va yot g’oyalar ta'siridan himoya qilish, yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo’yicha ushbu tadbirni tashkil etdik, - deydi sektor rahbari S.Abdullayev.

Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Raximov so’z olib, ayni kunlarda mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirlayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar va ularning mazmun-mohiyati haqida gapirib o’tdi.

Ochiq muloqotda chog’ida yoshlar va aholi tomonidan mahalla hududidagi mavjud muammolar haqida savol va takliflar bildirilib, muhokama qilindi. Ushbu murojaat va takliflar tegishli korxona, tashkilot va muassasalar hamda deputat tomonidan nazoratga olindi.

Tadbirda yoshlarning muammolariga va ularning bandligini ta'minlashga ham alohida e'tibor qaratildi.

Qo’shtepa tumanidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan deputat Sh.Raximov  ishtirokidagi uchrashuv bugun Eshonguzar mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 49-umumta'lim maktabida ham bo’lib o’tdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.