Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2020-12-16 13:46:16    200

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Qo’shtepa tumani Istiqlol MFY Mumtoz ko’chasi qachon asfaltlanar ekan? Qachon nomiga yarasha mumtoz bo’lar ekan?” sarlavhasi ostida xabar tarqatildi.

Qo’shtepa tumani, Istiqlol mahalla fuqarolar yig’ini, Mumtoz ko’chasidan yo’llangan ushbu tanqidiy murojaat, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan, joyiga borib mahalla faollari ishtirokida o’rganib chiqildi.

O’rganish davomida Mumtoz, Xotin ariq-1 qabriston yo’li hamda 17-umumta'lim maktabi yo’llarining umumiy uzunligi 1200 metrligi ma'lum bo’ldi. Ushbu ko’chalarning 600 metr qismi asfaltlashtirishga tayyor xolatda ekanligi aniqlandi va bu haqida murojaatchi ishtirokida dalolatnoma tuzildi.

Ushbu ko’cha yo’llarini asfaltlashtirish ishlari Mahalliy byudjet mablag’larini hisobga olgan xolda, yillar kesimida bosqichma-bosqich manzilli dastur asosida amalga oshirilishi murojaatchiga tushuntirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.