Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI: HAR BIR MUROJAAT - E'TIBORDA!
2020-12-15 15:51:29 293
Bugun davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalar mohiyatini anglagan, zimmasidagi mas'uliyatni his qilgan mutasaddi borki, rahbarlik qilayotgan tashkiloti va aholi o’rtasida yuzaga kelgan bo’shliqni to’ldirish, xalq bilan yaqin bo’lishga intilib, muloqotning samarali usullaridan foydalanmoqda. Va albatta, bu o’z samarasini bermoqda.
Haftaning har seshanba kuni Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida o’tkazib kelinayotgan fuqarolar qabulida ham har bir murojaatga diqqat bilan e'tibor qaratib kelinmoqda.
Qabullarda tumanimiz aholisi o’z muammolari va takliflari yuzasidan tuman hokimiga murojaat etib, ularni qiziqtirgan yoki qiynayotgan savollariga atroflicha javoblar olishmoqda.
Bugungi o’tkazilgan qabulda ham tuman hokimi 84 nafar fuqaro bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularning murojaatlarini tingladi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda ichimlik suvi va elektr energiyasi ta'minotini yanada yaxshilash, uy-joy, moddiy yordam, bank, sog’liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid murojaatlar tushdi.
Qabul jarayonida yechimi qulay bo’lgan murojaatlar shu joyning o’zida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar bo’yicha amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Yechimini o’rganish va hal etish uchun vaqt talab qiladigan muammolar yuzasidan esa mas'ul shaxslarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.