Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI YIL YARMARKALARIGA MARHAMAT

×

 2020-12-15 12:39:03    300

PDF yuklash
Chop etish


Yangi yil bayrami munosabati bilan viloyatimizning barcha hududlarida bo’lgani kabi Qo’shtepa tumanida ham aholi sergavjum joylarda qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlarining savdo yarmarkalari tashkil etildi.

Ayniqsa, tumanning Markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan yarmarkada oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi hamda go’sht mahsulotlari aholiga arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda.

Bayram oldidan bunday savdo yarmarkalarining tashkil etilishi, aholimizning dasturxoni to’kin-sochin bo’lishini ta'minlaydi. Bunday qulaylikdan albatta aholi mamnun.

Shuningdek, pandemiya davrida aholining bayramoldi kayfiyatini ko’tarish maqsadida tuman hokimligi va dehqon bozori ma'muriyatining tashabbusi bilan haftaning payshanba va yakshanba kunlari archa atrofida teatrlashtirilgan ko’rinishlar namoyishi bo’lib o’tmoqda. Albatta bu tadbirlar tumanimiz aholisini bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazishlari uchun tashkillandi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.