Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2020-12-11 21:07:57 170
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda hal etish maqsadida, Karnaychi mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi sayyor qabulini o’tkazdi. Qabulda 16 nafar fuqarolar ishtirok etishdi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilangan holda tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga topshiriqlar berildi.
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga ro’yxatga olish yuzasidan o’tkazilgan xatlov ishlari mas'ul rahbarlar ishtirokida muhokama qilinib, xatlov natijalariga aniqlik kiritish hamda yakuniy ro’yxatni shakillantirish yuzasidan tuman hokimi tomonidan tegishli topshiriqlar berildi.
Tuman hokimi 5, 20, 33 va 42-maktabgacha ta'lim tashkilotlari filiallarida olib borilgan qurilish va ta'mirlash ishlari hamda tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu ta'lim tashkilotlari filiallariga yuridik maqom berish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, I.Novikov 2021 yil hosili uchun boshoqli don ekilgan maydonlarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar va ekin maydonlari melorativ holatini yaxshilash maqsadida pol olish hamda sho’r yuvish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.
“Texmashservis” MCHJ, “A.Niyozov Oqtepa” hamda “Baxt Paxtakor Garmdon” MMTPlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan qishloq xo’jaligi texnikalarini ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.