Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVLAT XIZMATLARI AGENTLIGI 3 YOSHDA

×

 2020-12-11 19:09:10    464

PDF yuklash
Chop etish


Uch yil avval, 12 dekabr kuni davlat xizmatlari ko’rsatish milliy tizimini tubdan isloh etish sari dadil qadam qo’yildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko’rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5278-sonli Farmoni hamda “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-3430-sonli Qarorining qabul qilinishi bilan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, agentlikning hududiy boshqarmalari va tuman shaharlarda esa Davlat xizmatlari markazlari tashkil etildi.

Uning asosiy vazifalari etib esa, byurokratiya va korrupsiyani oldini olish, xalqimizning davlat organlariga bo’lgan ishonchini oqlash qilib belgilandi.

Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari aholi uchun muhim va kerak bo’lgan davlat xizmatlarini olishi mumkin bo’lgan joyga aylangan.

Mazkur farmon va qarorning qabul qilinishi shubhasiz, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko’rsatishni yangi sifat bosqichiga ko’tarishga, aholining davlatga nisbatan ishonchini oshirishga, «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ezgu g’oyani hayotga joriy etishga ko’maklashadi.

Shuningdek, avvalari «Yagona darcha» tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish imkoniyatidan faqat tadbirkorlik sub'yektlari foydalanishi mumkin bo’lgan bo’lsa, endilikda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ham yuridik, ham jismoniy shaxslarga «Yagona darcha» tamoyili bo’yicha xizmatlar ko’rsatib kelinmoqda.

Qo’shtepa tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan davlat xizmatlarining har bir turi bo’yicha “Fuqarolar emas, hujatlar harakatlanadi” tamoyiliga ko’ra zarur hujjatlar va axborotlarni boshqa tuzilmalardan mustaqil ravishda olib, ma'muriy reglamentlarga amal qilgan holda, shu jumladan olis joylarga chiqish orqali (“mobil davlat xizmatlari”) ko’rsatishning maqbul, qulay va shaffof uslublaridan foydalangan xolda ishlar tashkillanib kelinmoqda.

Qo’shtepa tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga davlat xizmatlari ko’rsatish sohasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2020 yilning 11 oyi davomida 26546 ta jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko’rsatildi. Xususan, 1361 ta Tadbirkorlik sub'yektlari davlat ro’yxatidan o’tkazildi, shundan 1074 tasini yakka tratibdagi tadbirkorlar, 287 tasini yuridik maqomga ega bo’lgan tadbirkorlik sub'yektlari tashkil etadi.

A. ABDUKARIMOV,

Qo’shtepa tumani Davlat xizmatlari markazi direktori.