Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ADASHGANLARGA IMKON BERISH, TO’G’RI YO’LGA SOLISH ADOLATDANDIR

×

 2020-12-11 15:23:33    210

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvarlik siyosati natijasida qilmishiga chin ko’ngildan pushaymon bo’lgan va tuzalish yo’liga qat'iy o’tgan bir guruh fuqarolarga yana bir imkon berildi.

Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbarining farmoniga ko’ra 104 nafar shaxsning afv etilgani ham bag’rikenglikdan dalolatdir.

Afv etilganlar orasida 2 nafar qo’shtepalik mahkumlar ham bo’lib, ular o’z uylariga, oilasi bag’riga qaytarildi. Demak, 2 nafar shaxsning oilasiga shodlik qaytdi, baxt qaytdi, qanot qaytdi, tog’ qaytdi...

Fayzullo Rahmatillayev yoshlik qilib, noto’g’ri yo’lga qadam bosdi. U sodir etgan jinoyati uchun 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Davlatimizda amalga oshirilayotgan bag’rikenglik siyosati tufayli muddatidan avval o’z oilasi bag’riga qaytdi.

- Baxt degan tushunchani insonlar turlicha tasavvur qiladi, - deydi F. Rahmatillayev. - Kimdir uni tinchlik-xotirjamlik yoki sihat-salomatlikda desa, boshqa birov oila, do’stlar, yaxshi daromadli ishda deb biladi. Umuman, baxt haqida gap borganda har kim uni o’z dunyoqarashi, tafakkuri, qarichi bilan o’lchaydi va xulosaga keladi. Mahkumlikdagi odam uchun esa ozodlik, oilasi bag’rida bo’lish baxtdir. Ular uchun bundan shirin, bundan aziz va qimmatli so’z yo’q dunyoda.

Qilmishimdan juda ham pushaymondaman. Ozodlikning qadrini tushunib yetdim. Hayotda har kim o’z o’rnini topishi, farzand sifatida elu yurtga nafi tegishi kerak. Men ham albatta, shunga harakat qilaman. 

Afv etilganlardan biri Jamoliddin Saydaxmedovning so’zlariga ham quloq tutdik:

- Avvalo Prezidentimizga rahmat aytmoqchiman. Bizlarni kechirib, qilmishlarimizdan to’g’ri xulosa chiqarishimizga, hayotimizni qaytadan qurishga imkon berdilar, - deydi J.Saydaxmedov. Oilamni eslab azoblanardim. Shukur, bugun ular davrasidaman.

Har bir inson jamiyat uchun mas'uldir. Endi mana shu mas'uliyatni his qilgan holatda, o’zim ham shunga hissamni qo’shishga harakat qilaman. Qilmishimdan juda pushaymonman.

Darhaqiqat, adashib jinoyat yo’liga kirgan va sodir etgan qilmishidan chin dildan pushaymon bo’lgan insonlarga yana bir bor imkon berish, ularni to’g’ri yo’lga, oilasi bag’riga qaytarish davlatimiz oldida turgan muhim masalalardan biriga aylandi. Zero, adashganlar ham shu mamlakat fuqarolaridir.

Shu o’rinda yana bir gap. Endilikda mutasaddi idora va tashkilotlarning mas'ullari ularni hayotga qayta moslashtirish, uy-joy muammosi bo’lsa, hal etish, ishga joylashtirish kabi yumushlarni amalga oshirishi kerak. Mahalla-ko’y, qo’ni-qo’shni esa ularga e'tiborli bo’lishi, begona ko’z bilan qaramasligi, ularni yolg’izlatib qo’ymasligi muhim ahamiyatga ega.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.