Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLAR UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI
2020-12-10 22:48:17 184
Bugun Qo’shtepa tumanidagi Yoshlar markazida Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosari F.Qosimov, Farg’ona viloyati DXX boshlig’ining o’rinbosari J.Noraliyev, Marg’ilon shahar DXX bo’limi boshlig’i Sh.Xotamov hamda sektor va korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.
Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochdi va olib bordi. Tuman hokimi o’z so’zida yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ularning mavjud muammolarini hal etib, amaliy yordam ko’rsatishda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etilganligini hamda bu borada joylarda yoshlar bilan uchrashuvlar o’tkazilayotganligini takidlab o’tdi.
Shuningdek, uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari F.Qosimov, DXX viloyat boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari J.Noraliyevlar so’z olishib, yoshlarga har tomonlama amaliy yordam ko’rsatilayotganligini, shuningdek, tumanda yoshlar bandligini ta'minlash borasida yaratilgan sharoitlar, ular tomonidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar, o’z bilim va qobiliyatlarini oshirishlari uchun mustahkam bilim olishga e'tibor qaratishlari lozimligini aytib o’tdilar.
Uchrashuvda ishtirok etayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazilib, ular bandlik, imtiyozli kredit mablag’lari olish va sport majmualari tashkil etish yuzasidan murojaat qildilar. Murojaatlarda ko’tarilgan masalalarga tuman hokimi hamda mas'ul rahbarlar tomonidan tegishli tartibda javoblar berildi.
Uchrashuv chog’ida ishga joylashish masalasida murojaat qilgan Qiyqi mahalla fuqarolar yig’ini, Sardoba ko’chasida istiqomat qiluvchi N.Axmadjonova Qiyqi mahalla fuqarolar yig’iniga yordamchi mehnat inspektori vazifasiga ishga joylashtirildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan esa muddatlar belgilanib, mas'ul tashkilotlarga ko’rsatmalar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.