Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANI HOKIMI I.NOVIKOVNING 2020 YILGI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH YAKUNLARIGA HAMDA KELGUSI YILGI REJALARIGA BAG’ISHLANGAN MUROJAATI

×

 2020-12-10 18:15:43    426

PDF yuklash
Chop etish


Tarix uchun juda qisqa hisoblangan keyingi to’rt yil davomida mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan chuqur islohotlarning tub maqsad-mohiyati, avvalo, xalqimizning kelajakda emas, aynan bugun farovon yashashi, turmushidan rozi bo’lishiga qaratilganligi ayni haqiqatir. Bu, iqtisodiy-ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy, huquqiy sohalar rivojining qonuniy-me'yoriy asosini yaratib berayotgan amaldagi qonunlarimizga kiritilayotgan o’zgarishlar, yangi qonunlar, Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan Farmon va Qarorlar, eng dolzarb masalalarga qaratib o’tkazilayotgan videoselektor yig’ilishlarida ko’rilayotgan jiddiy masalalar yuzasidan berilayotgan topshiriqlarda o’z aksini topmoqda.

Me'yoriy-huquqiy asoslarga tayanib davom ettirilayotgan islohotlar jarayonlariga ochiq ko’z, siyosiy xushyorlik bilan nazar tashlaydigan bo’lsak, ularning har biri yurtimizning eng katta boyligi bo’lmish xalqimiz, shuningdek,mamlakatimiz ertasi bo’lmish jajji o’g’il-qizlarimiz va yoshlar manfaatlarini ifoda etayotganini ko’ramiz.

Davlatimiz rahbari imzolayotgan har bir me'yoriy-huquqiy hujjat, iqtisodiyotimiz, ijtimoiy hayotimiz, ma'naviy-ma'rifiy, huquqiy hayotimizga tom ma'noda kuch bag’ishlovchi manbaga aylanmoqdaki, uning ijrosini ta'minlash shu yurtning fuqarosiman degan har birimizdan zamonaga munosib tarzda fidoyilikni talab etyapti.

Tumanimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik ko’rsatkichlari bo’yicha o’tgan 2019 yilda hududiy sanoat mahsulotlari hajmi 339,5 mlrd. so’mni yoki 200,4 foizni tashkil qilib, aholi jon boshiga

1,787 mln. so’mga to’g’ri kelgan bo’lib, bu ko’rsatkich viloyat sanoatidagi ulushi 1,8 foizni tashkil etgan.

Bundan tashqari tumanda o’tgan 2019 yilda qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 117,7  foizga (1442,6 mlrd. so’m) yoki aholi jon boshiga 7,593 mln. so’mdan to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushimiz

7,6 foizni;

Xizmat ko’rsatish 114,4 foizga (189,6 mlrd. so’m) yoki aholi jon boshiga

998 ming so’mdan to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 1,6 foizni;

Chakana savdo 111,9 foizga (842,6 mlrd. so’m) yoki aholi jon boshiga

4,435 mln so’mdan to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 6,1 foizni;

Qurilish ishlari 226,2 foizga (278,7 mlrd. so’m) yoki aholi jon boshiga

1,467 mln. so’mdan to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 6,7 foizni tashkil etgan.

Joriy yil Qo’shtepa tumanimizning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 435,0 mlrd. so’mga (115,2 foizga) yoki aholi jon boshiga 2,289 mln. so’mga to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 2,1 foizga yetishi;

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 1627,6 mlrd so’mga (103,4 foizga) yoki aholi jon boshiga 8,566 mln. so’mga to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 7,6 foizga yetishi;

Xizmat ko’rsatish 211,2 mlrd so’mga (100,5 foizga) yoki aholi jon boshiga 1,112 mln. so’mga to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 1,6 foizga yetishi;

Chakana savdo 845,2 mlrd. so’mga (100,3 foizga) yoki aholi jon boshiga 4,448 mln. so’mga to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 6,1 foizga;

Qurilish ishlarini 295,9 mlrd. so’mga (101,1 foizga) yoki aholi jon boshiga 1,557 mln so’mga to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 5,6 foizga o’sishini o’z oldimizga maqsad qilib olganmiz va ijrosi so’zsiz ta'minlanadi.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 480,2 mlrd. so’mga (110,2 foizga) yoki aholi jon boshiga 2,527 mln. so’mga to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 2,2 foizga yetishi;

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 1684,6 mlrd so’mga (103,5 foizga) yoki aholi jon boshiga 8,866 mln. so’mga to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 7,7 foizga yetishi;

Xizmat ko’rsatish 226,1 mlrd. so’mga (107,1 foizga) yoki aholi jon boshiga 1,190 mln. so’mga to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 1,7 foizga yetishi;

Chakana savdo 868,0 mlrd. so’mga (101,5 foizga) yoki aholi jon boshiga 4,616 mln. so’mga to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 6,2 foizga;

Qurilish ishlarini 320,1 mlrd so’mga (108,2 foizga) yoki aholi jon boshiga 1,685 mln. so’mga to’g’ri kelib, viloyatdagi ulushimiz 5,7 foizga yetkazish bo’yicha makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni o’z oldimizga maqsad qilib olganmiz.

2020 yil uchun tuzilgan manzilli dasturga asosan 24 ta transformator punkti va 55.5 km 0.4-6-10 kV uzatmalarni rekonstruksiya va yangi qurish rejalashtirilgan bo’lib, ushbu tadbirlar ijrosi uchun 5,7 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirilishi belgilangan.

Xozirgi kunga qadar 24 ta transformator punkti 55,5 km elektr uzatish liniyalari qurildi.

Dasturda belgilangan tadbirlar bo’yicha kerakli materiallar uchun “Farg’ona XETK” AJga buyurtmalar berilib olib kelinishi ta'minlanmoqda.

Qo’shtepa tuman gaz bo’limi bo’yicha jami gaz iste'molchilar soni 45343 ta bo’lib, shundan 6427 nafar iste'molchilar tabiiy gazga va tabiiy gaz qoniqarsiz hududda joylashgan 38916 nafar iste'molchilar suyultirilgan gazga moslashtirilgan.

Tumandagi iste'molchilarni tabiiy gaz bilan ta'minlash uchun uzunligi 622.4 km gaz quvurlari tortilgan bo’lib, shundan foydalanishda turgani 99.1 km, 19.3 km yuqori bosimli, 44.4 km o’rta bosimli, 35.4 km past bosimli gaz quvurlariga to’g’ri keladi.

2020 yil 1 dekabr xolatiga tabiiy gaz qoniqarsiz hududlarga 287 ta maishiy gaz ballonlar yetkazib berildi.

2021 yilda tabiiy gaz qoniqarsiz hududlarga 332 ta maishiy gaz ballonlar yetkazib berish rejalashtirilgan.

Tumanda tabiiy gaz qoniqarsiz hududda joylashgan xonadonlarga jami 3,1 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-sonli Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 maydagi 05-05/1783 (13)-sonli yig’ilish bayoniga asosan Inqirozga qarshi kurashish jamg’armasi mablag’lari xisobidan umumfoydalanuvdagi mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo’llarini joriy ta'mirlash ishlarini amalga oshirish bo’yicha 1200 mln. so’m pudrat shartnomasi tuzilgan. Shartnomaga asosan “Marg’ilon temir yo’l bekati - Qumtepa - Qoraqushchi - Qo’shtepa tumani” avtomobil yo’llarida 1075 m2 joyda yer ishlari va asos qatlamini tayyorlab asfalt beton qurish ishlari hamda 10-11 km oralig’ida 600 metr uzunlikdagi qoplamada qurilish ishlari yakunlandi.

Byudjet mablag’lari hisobidan 19 ta MFYdagi 22 ta ko’chada jami 2,72 km 710,2 mln.so’m (shundan 1-sektor hududida 6 ta MFY 6 ko’chada 0,9 km-223,2 mln. so’m, 2-sektor hududida 5 ta MFY 6 ko’chada 0,95 km 236,4 mln. so’m,

3-sektor hududida 5 ta MFY 5 ta ko’chada 0,7 km 186,1 mln. so’m, 4-sektor hududida 5 ta MFY 5 ta ko’chada 0,7 km 179,3 mln) ichki xo’jalik yo’llariga asfalt qoplama yotqizish ishlari bajarilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 25 noyabrdagi “Jahon bankining xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi  PQ-4898-sonli qarori qabul qilingan bo’lib, ushbu qarorga asosan tumanda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida nisbatan orta qolayotgan 26 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida quyidagi ishlar amalga oshiriladi.

Birinchidan, 45 ta ijtimoiy ob'yektlar ta'mirlanadi va quriladi jumladan, (22 ta umumta'lim maktabi, 11 ta tibbiy muassasa va 11 ta  maktabgacha ta'lim muassasalari ta'mirlanadi) shuningdek 1 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti yangidan quriladi:

Ikkinchidan, 149,3 km toza ichimlik suvi tarmog’i yangidan tortiladi,

8 km eskirgan tarmoqlar rekonstruksiya qilinadi va 37 ta yangi suv inshootlari quriladi va 1 ta eskirgan suv inshooti ta'mirlanadi:

Uchinchidan, 93,1 km elektr ta'minoti tarmoqlari ta'mirlanadi, shu bilan birga  58 dona yangi transformatorlar  o’rnatiladi hamda 1170 ta tayanch ustunlari yangilariga almashtiriladi, shuningdek, tungi ko’chalarni yoritish maqsadida jami 2070 ta yangi tayanch ustunlar o’rnatiladi hamda ushbu tayanch ustunlarga jami 82,8 km elektr kabellar tortiladi:

To’rtinchidan, 19,7 km ichki ko’chalar asfaltlashtiriladi va 19,7 km  ichki ko’chalar shag’allashtiriladi. Shuningdek 11.4 km piyodalar yo’laklari quriladi va ta'mirlanadi:

Beshinchidan, 14,7 km yangi gaz tarmoqlari quriladi va  2035 dona  suyultirilgan gaz balonlarini tarqatiladi. Shuningdek aholiga suyultirilgan gaz balonlarini o’z vaqtida  yetkazishning yahshilash maqsadida 4 dona maxsus ISUZI avto mashinasini olib kelinadi:

Oltinchidan, 39,3 km ichki irrigatsiya tarmoqlarini quriladi va ta'mirlanadi:

Yettinchidan, Aloqa va ahborotlashtirish tizimini yaxshilash maqsadida 182 km optik tolali aloqa liniyalari tortiladi.

Ushbu loyiha doirasida tumanga jami 15 mln. 750 ming.doll (165,1 mlrd so’m) mablag’ ajratilishi rejalashtirildi.

Qo’shtepa tumanidan 2020 yilda 28 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo’lib, ushbu loyihalarning umumiy qiymati 423,7 mlrd. so’m bo’lib, shundan tashabbuskorlarning o’z mablag’i 146,9 mlrd. so’m, bank krediti 9,9 mlrd. so’m, xorijiy kredit liniya mablag’lari 480 ming AQSh dollari, xorijiy investitsiya mablag’lari

26 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 1331 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilgan.

2020 yil dekabr oyi holatiga ko’ra 24 ta investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Ushbu investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jami 434,8 mlrd. so’m (shundan loyiha tashabbuskorlarining o’z mablag’i

132,5 mlrd. so’m, bank krediti 37,7 mlrd. so’m, xorijiy kredit 243 ming AQSh dollari, xorijiy investitsiya 26 mln. AQSh dollari hisobida) mablag’ sarflandi. Loyihalarni ishga tushirilishi natijasida 1289 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Ushbu loyihalar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirildi:

1.        Sanoat yo’nalishida - jami 11 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 398,6 mlrd. so’m, shundan tashabbuskorlarning o’z mablag’i 132,8 mlrd. so’m, bank krediti 3,7 mlrd. so’m, xorijiy investitsiya 26 mln. AQSh dollari) hisobiga 1247 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilgan bo’lib, bugungi kunda sanoat yo’nalishida 10 ta loyiha amalga oshirildi. Ushbu investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jami 413,9 mlrd. so’m, shundan 120,1 mlrd. so’m o’z mablag’i, 31,7 mlrd. so’m bank krediti, xorijiy investitsiya mablag’lari 26 mln. AQSh dollari o’zlashtirildi. Loyihalarni ishga tushirilishi natijasida 1224 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Misol uchun:“Fergana Global textile” MCHJ tomonidan paxta-tozalash va paxtani qayta ishlashni tashkil etish loyihasi amalga oshirilgan, korxona tomonidan 80 ming tonna paxtani qayta ishlash quvvatiga ega bo’lib, loyiha amalga oshirilishi natijasida jami 71,4 mlrd. so’m, shundan 43 mlrd. so’m o’z mablag’i, 28,4 mlrd. so’m bank kredit mablag’lari o’zlashtirilishi natijasida 300 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. 

2.        Qishloq xo’jaligi yo’nalishida - jami 11 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 14,9 mlrd. so’m, shundan tashabbuskor o’z mablag’i 7,9 mlrd. so’m, bank krediti 3,8 mlrd so’m, xorijiy kredit liniya 320 ming AQSh doll) mablag’lar hisobiga 57 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilgan bo’lib, bugangi kunda ushbu yo’nalishda 8 ta loyiha amalga oshirildi. Loyihalarni amalga oshirish uchun jami 10,9 mlrd. so’m, shundan 6,2 mlrd. so’m tashabbuskorlarning o’z mablag’i, 3,8 mlrd. so’m bank krediti, xorijiy kredit liniyasi 83 ming AQSh dollari miqdorida o’zlashtirildi. Investitsiya loyihalarini ishga tushirilishi natijasida 38 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. 

Misol uchun: “Qishloq naslchilik fayzi” fermer xo’jaligi tomonidan chorvachilik faoliyatini rivojlantirish maqsadida 34 bosh naslli qoramollar olib kelingan bo’lib, loyiha amalga oshirilishi natijasida jami 1,150 mlrd.so’m, shundan 352 mln. so’m tashabbuskorning o’z mablag’i, 800 mln. so’m bank kredit mablag’lari o’zlashtirilishi natijasida 10 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

3.        Xizmat ko’rsatish yo’nalishida - jami 6 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 10,1 mlrd. so’m, shundan tashabbuskorlarning o’z mablag’i 6,2 mlrd. so’m, bank krediti 2,3 mlrd. so’m, xorijiy kredit liniyasi 160 ming AQSh dollari) hisobiga 27 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilgan bo’lib, bugungi kunda ushbu yo’nalishida 6 ta loyiha amalga oshirildi. Loyihalarni amalga oshirish uchun jami 10,1 mlrd. so’m, shundan 6,2 mlrd. so’mtashabbuskorlarning o’z mablag’i, 2,2 mlrd. so’m bank krediti, 160 ming AQSh dollarimiqdorida xorijiy kredit mablag’lari o’zlashtirildi. Investitsiya loyihalarini ishga tushirilishi natijasida 27 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Misol uchun:“Pikno Med”oilaviy korxonasi tomonidan tibbiy xizmat kursatish loyiha amalga oshirilishi natijasida jami 3,5 mlrd so’m, mablag’lari o’zlashtirilishi natijasida  8 nafar yangi ish o’rinlari yaratildi. 

Qo’shtepa tumanida bugungi kunga qadar Armaniston va Shveysariya davlatlari bilan hamkorlikda umumiy qiymati 23,8 mln. AQSh dollari (shundan asosiy kapital 22,0 mln. AQSh dollari) miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya mablag’lari o’zlashtirildi.

Jumladan:

1.“Fergana Global Textile” MCHJ Shveysariya davlati bilan hamkorlikda to’qimachilik klasterini tashkil etish (kalava ip, hom-ashyo, bo’yalgan mato, tayyor mahsulot) ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Jami loyiha qiymati 402,2 mlrd. so’m, shundan 33,0 mln AQSh dollari to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya mablag’lari hisobiga 1200 ta yangi ish o’rni yaratilishi ko’zda tutilgan bo’lib, joriy yilda 22,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiya mablag’lari o’zlashtirildi.

2. “Fergana Valley” MCHJ qo’shma korxonasi Armaniston davlati fuqarosi Khylghatyan Aharon bilan hamkorlikda zamonaviy logistika markazi va eksportga yo’naltirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 3 mln. AQSh dollari miqdorida bo’lgan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya mablag’lari o’zlashtirilishi hisobiga 30 ta yangi ish o’rni yaratilishi belgilangan bo’lib, bugungi kunda 1 mln. AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiya mablag’lari o’zlashtirildi.

Shuningdek, qo’shimcha loyihalar hisobiga jami 800 ming AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar o’zlashtirildi.

“Afsona gilam savdo”xususiy korxonasi tomonidan 187 ming AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiya o’zlashtirilgan (bino-inshoot sotib olingan).

2020 yil yakuniga ko’ra 35,8 mln. AQSh dollarimiqdorida (rejaga nisbatan 105%) to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya mablag’lari o’zlashtirilishi kutilmoqda.

2021 yilda tumanda70 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalarning umumiy qiymati 602,6 mlrd. so’mni tashkil etib, tashabbuskorlarning o’z mablag’i 298,5 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari 18,01 mlrd. so’m, xorijiy kredit liniyasi 9,9 mln. AQSh dollari, xorijiy investitsiya mablag’lari 17,6 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida 3011 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilmoqda.

Loyihalar amalga oshirilishi natijasida yiliga 566,8 mlrd.so’mlik mahsulotlari ishlab chiqarilishi va 22,6 mlrd. so’m byudjetga qo’shimcha mablag’ jalb etilishi ko’zda tutilmoqda.

Ushbu loyihalar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:

1.Sanoat yo’nalishida - jami 31 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 362,5 mlrd. so’m, shundan tashabbuskorlarning o’z mablag’i 130,9 mlrd. so’m, bank krediti mablag’lari1,9 mlrd. so’m, xorijiy kredit liniyalari 8,3 mln. AQSh dollari, xorijiy investitsiya mablag’lari 13,8 mln. AQSh dollari) hisobiga 1895 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

2.Qishloq xo’jaligi yo’nalishida - jami 21 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 183,4 mlrd. so’m, shundan tashabbuskorlarning o’z mablag’i 119,4 mlrd. so’m, bank krediti mablag’lari 11,5 mlrd. so’m, xorijiy kredit liniyasi 1,2 mln. AQSh dollari, xorijiy investitsiya mablag’lari 3,8 mln. AQSh dollari) hisobiga 769 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

3.Xizmat ko’rsatish yo’nalishida - jami 14 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 35,6 mlrd. so’m, shundan tashabbuskor o’z mablag’i

29 mlrd so’m, bank krediti 2,6 mlrd. so’m, xorijiy kredit liniya 390 ming AQSh dollari) hisobiga 202 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

4.Qurilish yo’nalishida - jami 4 ta loyiha (loyihaning umumiy qiymati 21,1 mlrd. so’m, shundan tashabbuskorlarning o’z mablag’i 19,1 mlrd. so’m, bank krediti 2 mlrd. so’m) hisobiga 145 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Misol uchun:“Fergana Global textile” MCHJ korxonasining to’qimachilik klasterini tashkil etish (xom-ashyo, bo’yalgan mato, tayyor mahsulot) loyihasni amalga oshirish uchun, jami loyiha qiymati 139,6 mlrd so’m (shundan; 10 mln. AQSh dollari xorijiy investitsiya) mablag’lari o’zlashtirilishi natijasida 700 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Misol uchun:“Yasnur tex” xususiy korxonasi tomonidan sochiq ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish loyihasini amalga oshirish uchun, jami loyiha qiymati 98,2 mlrd so’mni tashkil etadi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 350 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Qo’shtepa tumanida 2021 yilda 2 ta korxona tomonidan loyiha qiymati 18,7 mln. AQSh dollari, shundan 9,2 mln. AQSh dollari miqdorida to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiya mablag’larini o’zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan:

“Vodiy Naslli quyonlari” agrofirmasi tomonidan naslli quyonchilik faoliyatini kengaytirish uchun jami 600 ming AQSh dollari, shundan 200 ming dollari xorijiy kredit liniyasi orqali o’zlashtirilishi rejalashtirilgan.

“Fergana Global textile” MCHJ Shveysariya davlati bilan hamkorlikda to’qimachilik klasterini tashkil etish (xom-ashyo, bo’yalgan mato, tayyor mahsulot) ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Jami loyiha qiymati 12,5 mln. AQSh dollari, shundan 9 mln. AQSh dollari to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya mablag’lari o’zlashtirilishi rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 dekabrdagi “Farg’ona viloyatida qo’shimcha kichik sanoat zonalari tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1007-sonli qarori asosida Qo’shtepa tumanimizda 1 ta umumiy maydoni 1,29 gektar, shundan ishlab chiqarish maydoni 1,0 gektar bo’lgan 1 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilgan.

Ushbu kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 11,3 mlrd. so’m bo’lgan 7 ta loyihalar joylashtirilgan bo’lib, ushbu loyixalarni amalga oshirilishi natijasida 350 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyihalar bo’yicha bugungi kunda umumiy qiymati 3,1 mlrd. so’mlik 2 ta loyihalar ishga tushirildi va 80 ta yangi ish o’rni yaratildi.

         Ishga tushgan 2 ta loyihalar “GRAND MILITARY” MCHJ tomonidan summasi 2,7 mlrd. so’m mablag’lar sarflanishi natijasida yillik quvvati 60 ming dona trikotaj va to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga 40 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

“SOIB-ALI TEXTILE” MCHJ tomonidan summasi 1,5 mlrd. so’m mablag’lar sarflanishi natijasida yillik quvvati 54 ming dona trikotaj va to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga 30 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Qolgan 5 ta loyihalarda hozirda qurilish-montaj va ta'mirlash ishlarini yakuniy qismi olib borilmoqda hamda loyihalar 2021 yilda ishga tushirilishi bo’yicha tizim tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

“Yo’ldoshobod” kichik sanoat zonasidagi loyihalarda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, plastmassa mahsulotlarini qayta ishlash, poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish, mix va samorez mahsulotlari ishlab chiqarish, chashagen, umo‘valnik, unitaz (keramika) mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari amalga oshiriladi.

Butun dunyoda COVID-19 pandemiyasi bo’lib turgan jarayonda ham muhtaram Yurtboshimiz tomonlaridan yaratib berilgan imkoniyatlardan to’laqonli foydalanish maqsadida 3-sektor hududidagi “Shomirza” mahalla fuqarolar yig’ini hududida qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan yer maydoni negizida qo’shimcha 1 ta yangi kichik sanoat zonasi tashkil etildi.

Mazkur kichik sanoat zonasining umumiy maydoni 1,0 gektar, shundan ishlab chiqarish maydoni 0,9 gektar maydonini tashkil etadi.

Ushbu kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 5,5 mlrd. so’m bo’lgan 6 ta loyihalar joylashtirilgan bo’lib, ushbu loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 135 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

6 ta loyihalarda hozirda qurilish-montaj va ta'mirlash ishlari olib borilmoqda, ushbu loyihalar ham 2021 yilda ishga tushirilishini o’z oldimizga maqsad qilib olganmiz.

“Shomirza” kichik sanoat zonasidagi loyihalarda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, tibbiyot doka va bint ishlab chiqarish, mebel va eshiklar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari amalga oshiriladi.

Tadbirkorlarni yer maydonlari va bo’sh binolarga bo’lgan talabini qondirish maqsadida har bir sektor hududida kichik sanoat zonasini tashkil etish bo’yicha ish olib bormoqdamiz.

Hozirgi kunda 2 ta sektordagi (2, 4-sektorlar) qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan, aholi punktiga yaqin bo’lgan, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari mavjud yoki tortishga qulay bo’lgan yer maydonlarida 2 ta kichik sanoat zonalari tashkil etish takliflari shakllantirildi.

Ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo’lgan santexnika jihozlar (unitaz, chashagen, rakovina), lak-bo’yoq mahsulotlari, santexnika buyumlari, bolalar oyoq kiyimi, farmatsevtika mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga asosan joriy yilda tumanda qiymati 1,5 mlrd. so’mlik 4 ta loyihalarni amalga oshirish belgilangan.

“Sardor RRS” MCHJ tomonidan hajmi 1,1 ming dona sanitar-texnik jixozlar (unitaz, chashagen, rakovina) ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo’yicha qiymati 250,0 mln. so’mlik;

“Farg’ona Toxirbek fayzi” xususiy korxonasi tomonidan hajmi 300 tonna lak-bo’yoq mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo’yicha qiymati 330,0 mln. so’mlik;

“Fiber glass” MCHJ tomonidan hajmi ming dona sanitariya-texnika buyumlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo’yicha qiymati 360,0 mln so’mlik;

          “Kamron Poyabzal” oilaviy korxonasi tomonidan hajmi 10 ming juft bolalar oyoq kiyimlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo’yicha qiymati 600,0 mln. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan, ushbu ko’rsatkichlarni bajarilishini ta'minlash maqsadida tadbirkorlik sub'yektlari yaqindan amaliy yordam berish bo’yicha choralar ko’rildi.

Shu bilan birgalikda yanvar-noyabr oylarida mazkur 4 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan qiymati 1,4 mlrd. so’mlik mahsulot ishlab chiqarilib, prognoz ko’rsatkich 107,1 foizga bajarildi.

2020 yilda tumandagi 4 ta tarmoq korxonalari tomonidan mahalliylashtirish loyihalarini ishga tushirish hisobiga 1,5 mlrd so’mlik 4 turdagi xom-ashyo va materiallar ishlab chiqariladi.

Bundan tashqari tumanimizda 2021 yilda 5 ta korxonalar tomonidan qiymati 3,4 mlrd so’mlik loyihalar amalga oshirilishi bo’yicha tizim tashkilotlari bilan birgalikda tegishli choralar ko’rilib, ushbu ko’rsatkichlar ijrosini ta'minlashimiz natijasida 2021 yilning yakunida qiymati 500 ming AQSh dollarlik mahsulotlarni importini qisqartirilishiga erishiladi.

Shu bilan birgalikda ushbu korxonalarni to’liq quvvatda ishlashi natijasida 2021 yilda qiymati 100 ming AQSh dollari miqdori qo’shimcha sanoat mahsulotlari eksporti amalga oshiriladi.

2021 yil 1 ta loyiha “Shodlik farm sanoati” MCHJ tomonidan hajmi 240 ming dona spirtli eritmalar va tabiiy giyohlardan damlamalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo’yicha qiymati 1,9 mlrd so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan ushbu ko’rsatkichlarni bajarilishini ta'minlash maqsadida tadbirkorlik sub'yektlari yaqindan amaliy yordam berish bo’yicha choralar ko’rildi.

Tumanda bugungi kunda 1 957 ta tadbirkorlik sub'yektlari faoliyat yuritmoqda. (2019 yilda 1 877 ta)

Tumanda tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga nazar tashlaganimizda so’nggi 3 yilda tadbirkorlik sub'yektlari soni 883 taga ko’paygan, jumladan 2017 yilda 178 ta, 2018 yilda 182 ta, 2019 yilda 262 ta va joriy yilning o’tgan davrida 261 ta (98,5%) tadbirkorlik sub'yektlari davlat ro’yhatidan o’tib o’z faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqdalar. Yil yakuniga qadar tumanda yana 4 ta kichik biznes sub'yektlari faoliyati tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Tumanda hozirgi kunda 243 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritishmoqda. 243 ta sanoat korxonalari yo’nalishlari bo’yicha quyidagicha;

Yengil sanoat yo’nalishi - 63 ta;

Qurilish-materiallari yo’nalishi - 39 ta;

Charm-poyabzal yo’nalishi - 10 ta;

Elektr-maishiy texnika yo’nalishi - 3 ta;

Oziq-ovqat yo’nalishi - 60 ta;

Tibbiyot yo’nalishi - 2 ta;

Mashinasozlik yo’nalishi - 12 ta;

Boshqa yo’nalishda - 54 tani tashkil etadi.

Muhtaram Prezidentimizning Farmon va qarorlari bilan tumanda faoliyat ko’rsatayotgan 970 dan ortiq tadbirkorlarga 5,7 mlrd. so’m soliq imtiyozlari berilganligi, 124 ta tadbirkorlarning 1,4 mlrd. so’m kredit qarzdorligi 6 oy muddatga uzaytirilganligi barcha tadbirkor va ishlab chiqaruvchilar uchun juda katta yordam bo’ldi.

Shundan kelib chiqqan holda tumanimizda barcha yo’nalishlarni qamrab olgan holda 2021 yilda 345 ta (130,0 %) kichik biznes sub'yektlarini tashkil etishni o’z oldimizga maqsad qilib olganmiz.

Buning natijasida 2021 yilning yakunida kichik biznes sub'yektlari soni tuman bo’yicha 1507 taga yetkazilishi bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.  

Joriy yilda tumanda tadbirkorlik muhitini yuqori darajaga olib chiqish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, xotin-qizlarni hamda yoshlarni tadbirkorlikka yo’naltirish bo’yicha muayyan ishlar amalga oshirildi.

Jumladan joriy yilning 11 oyi mobaynida 1044 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga qiymati 19,4 mlrd. so’mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

Hususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil

24 oktyabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4498-sonli qarori doirasida jami 862 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga qiymati 13,7 mlrd so’m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Yo’nalishlar bo’yicha tahlil etilganda:

Parrandachilik - 106 nafar 204,4 mln.so’m;

Chorvachilik - 422 nafar 4 844,1 mln.so’m;

Issiqxona - 56 nafar 1 225,0 mln.so’m;

Asalarichilik - 6 nafar 117,7 mln.so’m;

Tikuvchilik - 122 nafar 2 924,9 mln.so’m;

Boshqa yo’nalishlarda - 150 nafar 4 392,2 mln.so’m.

Bundan tashqari,

Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarini qo’llab-quvvatlash dasturi doirasida - 9 nafarga 149,5 mln.so’m;

Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi doirasida- 149 nafarga 3863,0 mln.so’m;

Mahalliy xokimlik huzuridagi jamg’armalarning dasturlari doirasida - 1 nafarga 60,0 mln.so’m;

Xotin-qizlarni va oilani qo’llab-quvvatlash dasturi doirasida -

17 nafarga 321,1 mln.so’m;

"Yoshlar-kelajagimiz" dasturi doirasida - 6 nafariga 1 320,0 mln. so’m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.

2021 yilda tumanga ajratilishi lozim bo’lgan imtiyozli kredit mablag’lari miqdorini 22 mlrd. so’mga yetkazish, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni asosiy maqsad etib belgiladik. Natijada ming nafardan ortiq yangi ish o’rinlari yaratiladi. Bu ham o’z o’rnida tumanimizdagi ishsizlik darajasini kamaytirishga munosib hissasini qo’shadi deb hisoblayman.

2019 yilning yakuni bo’yicha tumanda jami 516 ta faoliyat ko’rsatmayotgan va "nol" hisobot taqdim etayotgan sub'yektlar aniqlangan.

Tadbirkorlik sub'yektlarining yashovchanligi bo’yicha tahlil etilganda:

5 yil va undan ortiq faoliyat ko’rastayotgan sub'yektlar 183 ta;

3 yil va undan ortiq faoliyat ko’rastayotgan sub'yektlar 116 ta;

3 yilgacha faoliyat ko’rastayotgan sub'yektlar 217 tani tashkil etadi

Faoliyat ko’rsatmayotgan va "nol" hisobot taqdim etayotgan sub'yektlarni yo’nalishlar bo’yicha tahlil etilganda:

Qishloq xo’jaligida 74 ta;

Qurilishda 56 ta;

Savdoda 146 ta;

Sanoatda 117 ta;

Xizmat ko’rsatishda 123 tani tashkil etadi.

Ushbu sub'yektlar iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan o’rganib chiqish bo’yicha malakali hodimlarga biriktirib berildi.

Korxonalarning hozirgi kundagi real holati, ulardagi mavjud muammolar hamda ularni ishga tushirish yoki faoliyatini qayta tiklash bo’yicha 516 ta faoliyat ko’rsatmayotgan va "nol" hisobot taqdim etayotgan sub'yektlar birma-bir o’rganib chiqildi.

O’rganish natijalariga ko’ra 101 tasining faoliyati tiklanganligi,

153 tasiga esa faoliyatini tiklashda turli darajadagi yordamlar ko’rsatish zarurligi aniqlandi.

Bundan tashqari mazkur sub'yektlarning 63 tasini Davlat reyestridan chiqarish, 14 tasini bankrot deb e'lon qilinganligi uchun faoliyatini tugatish, 185 tasini esa yakuniy tekshirishlar o’tkazilib Davlat reyestridan chiqarish choralarini ko’rish zarur.

Joriy yilning 11 oyi davomida yuqorida keltirib o’tilgan tadbirkorlik sub'yektlarini faoliyatini tiklash bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilishi natijasida 10 ta sub'yektlarning faoliyati tiklandi hamda ulardagi ishsiz qolgan 50 dan ziyod fuqarolar ish joylariga tiklandi.

Bundan tashqari 17 ta korxonalarda yakuniy tekshirishlar o’tkazilib, Davlat reyestridan chiqarish choralari ko’rildi.

Kelayotgan 2021 yilda qolgan 153 ta sub'yektlarning faoliyatini tiklashda turli darajadagi yordamlar ko’rsatish bo’yicha hamda 185 tasini esa yakuniy tekshirishlar o’tkazish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab oldik va ijrosini ta'minlaymiz.

O’zbekiston Respublikasi Prezidetining 2017 yil 17 noyabrdagi PF-5242-sonli “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida “Hunarmand” uyushmasi Qo’shtepa tumanbo’limi tomonida joriy yilning 11 oyi mobaynida 365 ta xunarmandlar ro’yxatdan o’tkazildi. Natijada 866 nafar yangi ish o’rinlari yaratildi. Ularning 200 nafarini ayollar hamda 195 nafarini yoshlar tashkil etadi.

“Xunarmand” uyushmasi tuman bo’limi joriy yilda 101 nafar ustaga 501 nafar shogird biriktirildi.

Bundan tashqari 10 nafar usta-shogird maktabi tashkil etganhunarmandlar shogirdlariga tuman Bandlikka ko’maklashish markazi tomonidan har biriga 2 mln. so’mdan jami 90 mln. so’m stipendiyalar bilan ta'minlandi.

Joriy yilning 10 dekabr holatiga tumandagi tijorat banklari tomonidan 210 ta hunarmandlarga 4,2 mlrd. so’m mablag’lar ajratildi.

13 nafar hunarmandlarga dastgohlar olib kelishda hamda 197 nafar xom-ashyo olib kelishda amaliy yordamlar ko’rsatilib, ularning faoliyati yo’lga qo’yildi.

Kelgusi yilda hunarmandlar sonini 400 nafardan oshirish usta-shogird maktablarini esa yanada ko’paytirish ishsiz ayollar va yoshlarni ish bilan ta'minlash maqsadida 350 ta loyixalar ishlab chiqilmoqda. Natijada 1000 nafardan ziyod yangi ish o’rinlarini tashkil etish maqsad qilib olindi.

Usta-hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan atlas, adras, a'lo baxmal kabi milliy mahsulotlarimizni eksportga yo’naltirish bo’yicha sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqdamiz.

2021 yilda Hunarmandlar sonini 400 nafardan oshirish usta-shogird maktablarini esa yanada ko’paytirish ishsiz ayollar va yoshlarni ish bilan ta'minlash maqsadida 350 ta loyihalar ishlab chiqilmoqda. Natijada

1000 nafardan ziyod yangi ish o’rinlarini tashkil etish maqsad qilib olindi.

Shu bilan birgalikda muhtaram Yurtboshimiz hamda viloyat hokimimiz tashabbuslari bilan tumandagi tadbirkorlik sub'yektlarini muammo va takliflarini belgilangan tartibda hal etish maqsadida tuman Markazida ya'ni Shodliy MFY, Baxlma ko’chasi 3-uyda “Tadbirkorlar uyi” tashkil etildi.

“Tadbirkorlar uyi”da tumandagi tadbirkorlik sub'yektlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasi, Agro bank tuman filiali, Xalq banki tuman filiali, Davlat xizmatlari markazi, Qurilish bo’limi, Yermulkkadastr, Elektr ta'minoti korxonasi, Gaz idorasi, “Farg’ona suv ta'minot” MCHJ tuman filiali, Tadbirkorlikka ko’maklashish markazi, “Hunarmandlar” uyushmasi tuman bo’limining malakali mutaxassislari safarbar etildi.

“Tadbirkorlar uyi”ning asosiy vazifalari etib:

“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o’z vaqtida, aniq va to’liq hajmda amalga oshirish;

aholini tadbirkorlik sohasida ilk ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha o’quv kurslarini tashkil etish;

tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub'yektlarini xorijiy davlatlarda bo’lib o’tadigan ko’rgazma va yarmarkalarda ishtirokini ta'minlashga ko’maklashish;

mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan texnologik uskunalarni xarid qilish bo’yicha ma'lumot olishda ko’maklashish;

tadbirkorlik sohasidagi boshqa yo’nalishlarda ko’maklashishni o’z oldimizga maqsad qilib olganmiz.

“Tadbirkorlar uyi”ga bugungi kunga qadar tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan 91 ta taklif va muammolar kelib tushgan. Bundan 74 ta (81,3 %) muammo va takliflar ijobiy hal etilgan, 17 ta muammo va takliflar hozirgi kunda ish jarayonida turibdi.

Shundan yo’nalishlar kesimida tahlil qilinganda: 

Yo’nalishlar nomi

Jami

Hal etilgani

Foiz

Jarayonda

1

Imtiyozli kredit

20

12

60,0

8

2

Kadastr

16

15

93,8

1

3

Elektr ta'minoti

5

5

100,0


4

Tadbirkorlik faoliyati

32

31

96,9

1

5

Suvoqava

1

1

100,0


6

Hunarmandchilik

16

9

56,3

7

7

Boshqa masala

1

1

100,0



Jami

91

74

81,3

17

Shuningdek, Tadbirkorlar uyida 4 ta sektor rahbarlari tomonidan haftada bir marotada tadbirkorlarni muammo va takliflarni ijrosini ta'minlash maqsadida sayyor qabullar o’tkazish bo’yicha grafiklar ishlab chiqilib, ijroga qaratilgan.

“Monomarkazlar” va mahalla gyzarlarida aholini kasb-hunarga o’qitish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgust kunidagi “Kambag’al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o’qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4804-sonli qarori bilan mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlik faolligini oshirish, kambag’al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko’nikmalariga o’qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini ta'minlash belgilangan.

Tumanimizda «Ishga marhamat» monomarkazlari va kasb-hunarga o’qitish markazlarining, kasb-hunarga o’qitish muassasalari tashkil etish bo’yicha bugungi kunda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Tumanda joylashgan mahalla fuqarolar yig’inlarida jami 541 ta uy-ho’jaliklarida 3136 nafar aholini kasb-hunarga o’qitish rejalashtirilgan bo’lib, bugungi kunda Soy bo’yi, Sohibkor, Langar, Qiyqi hamda Karnaychi mahallalarida tikuvchilik, to’nchilik, do’ppichilik, zardo’zlik va boshqa yo’nalishlarda 500 dan ziyod ayollar kasb-hunarga o’rgatildi.

2021 yilda aholini kasb-hunarga o’qitish maskanida tikuvchilik, kompyuter savodxonligi, sartaroshlik kabi bugungi kunda ehtiyoj yuqori bo’lgan yo’nalishlar bo’yicha 350 nafardan ortiq kambag’al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko’nikmalariga o’qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini ta'minlashni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.

So’nggi yillarda mamlakatimizda qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, xususiy mulk egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, davlat ulushi saqlanib qolayotgan ayrim tarmoqlar va yirik korxonalarda bozor mexanizmlariga o’tishning kechikayotganligi yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, ilg’or texnologiyalarni joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish, xususiy kapitalni faol jalb qilgan holda yangi ish o’rinlari yaratishga to’sqinlik qilmoqda.

Davlat aktivlarini sotib oluvchilar to’lovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bo’lib-bo’lib to’lash sharti asosida amalga oshirishi mumkin.

Mazkur davlat ishtirokidagi korxonalarda iste'molchiga yo’naltirilgan zamonaviy boshqaruv usullari, ochiqlik, shaffoflik va bozor tamoyillarini jadal joriy etish, tannarxni pasaytirish orqali daromadlarni oshirish, iqtisodiyotda xususiy kapital ishtiroki uchun kengroq imkoniyatlarni yaratish va raqobat muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

“Marg’ilon ta'mirlash mexanika“ MCHJ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi PQ-2340-sonli qaroriga asosan 68,78 foiz davlat ulushi 1,5 mlrd. so’mga YATT Eraliyev Mirsaidxon Asadullayevichga sotilgan.

2020 yilning 11 oyi davomida Davlat dasturida belgilab berilgan tadbirlar diorasida tumanda jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni o’z vaqtida to’liq va holisona ko’rib chiqish, ularda ko’tarilgan masalalar yuzasidan murojaatlarni hal etish bo’yicha tizimli ishlar tashkil qilindi.

Tumanda kelib tushgan murojaatlarning ijrosini tezkorlik bilan ta'minlash hamda ijro etish muddatlarini buzilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida, tuman Xalq Qabulxonasi internet tarmog’iga ulandi. Buning natijasida hozirgi kunda Xalq qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ma'sul ijrochilar tomonidan internet tarmog’i orqali onlayn qabul qilmoqda.

Tumanimizda aloqa sifati past darajada bo’lgan olis qishloqlarga, hususan Solijonobod, Do’rmon, Qorakaltak, Langar, Shodlik, Istiqlol, Qamishtepa, Kattaboltako’l, Qo’rg’oncha, Fayz, Qorajiyda mahalla fuqarolar yig’inlarida hamda mazkur hududlarda faoliyat yuritayotgan umumta'lim maktablari hamda maktabgacha ta'lim muassasalariga jami 175 km masofaga 3,9 mlrd so’mlik GPON texnologiyasi joriy etildi.

Shuningdek, telefon xizmati, yuqori tezlikdagi internet, IPTV interaktiv televideniya xizmatlari taqdim etilib, aholini raqamli texnologiyalarga bo’lgan talabini qondirilishi natijasida 8 mingga yaqin oilalarda yashovchi 35 mingdan ziyod aholi sifatli aloqa bilan ta'minlashga erishildi.

Dastur doirasida Qumtepa va Qizilariq mahalla fuqarolar yig’inlarida qiymati 1,2 mlrd. so’m bo’lgan 192 sig’imli hamda 256 sig’imli barcha qulayliklarga ega bo’lgan mini ATSlar joylashtirilib foydalanishga topshirildi.

Tumanimizda yangi avlod turiga mansub bo’lgan yuqori tezlikka ega bo’lgan 4G xizmatini sifatli yo’lga qo’yish maqsadida “O’zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati Qo’shtepa tumani aloqa bog’lamasi binosiga Uzmobaylning simsiz GSM va CDMA standardlari asosida ishlaydigan baza stansiyalari hamda antenna matchlari o’rnatildi.

Bundan tashqari bugungi kunda Borot, Shaxartepa, Shomirza, Paxtakor, Loyson, Garmdon, Oqtepa, Nurafshon, Yangiariq mahalla fuqarolari yig’inlarda yuqori tezlikka mo’ljallangan OPTIK tolali aloqa liniyalari qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur mahallalarda istiqomat qilayotgan aholi sifatli aloqa bilan ta'minlanadi.

Kelgusi 2021 yilda “O’zbektelekom” AK dasturi doirasida Fayz, Qo’rg’oncha, Yangiariq, Do’stlik, Do’rmon, Solijonobod, Shodlik, Korakaltak mahalla fuqarolar yig’inlarga 1,3 mlrd. so’mlik hamda Sohibkor, Karnaychi,

Soy bo’yi, Qiyqi, Qizilariq, O’qchi, O’rta O’qchi, Qoraqushchi, Qatta Beshkapa va Kichik Beshkapa mahalla fuqarolar yig’inlarga 1,1 mlrd. so’mlik 2048 sig’imli OPTIK tolali aloqa liniyalarini qurish rejalashtirilgan.

IT parklari tashkil etish maqsadida “O’zbektelekom” AK mablag’lari hisobidan 361 mln. so’m tuman markazida joylashgan

425-Telokommunikatsiyalar bog’lanmasi binosiga IT parki tashkil etish rejalashtirilgan.

2020 yil uchun jami 9,2 mln. AQSh dollari miqdorida eksport prognoz rejasi belgilangan.

Shundan:

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari- 8,8 mln. AQShdollari;

Sanoat mahsulotlari - 438,2 ming AQSh dollarni tashkil etadi.

Amalda 15,1 mln. AQSh dollari miqdoridaeksport amalga oshirilib, yillik rejaga nisbatan 164 %gabajarildi.

Shundan:

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari -11,4 mln. AQShdollari yoki rejaga nisbatan 130 %. 

Sanoat mahsulotlari -3,7 mln. AQShdollari yoki rejaga nisbatan 802%.

O’tgan yilning mos davriga nisbatan 6 mln. AQSh dollar ko’p eksport amalga oshirilmoqda. (2019 yil o’tgan davrida 8,97 mln. AQSh dollar amalga oshirilgan).

2021 yilda 16 mln. AQSh dollari miqdorida eksportni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shundan:

-Qishloq xo’jaligi mahsulotlari - 12,0 mln.AQShdollari;

-Sanoat mahsulotlari -4,0 mln AQSh dollarni tashkil etadi.

Tumanda eksport salohiyatini kengaytirish bo’yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilangan:

Birinchidan, tumanda qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksport hajmini ko’paytirish maqsadida meva-sabzavot klasterini tashkil etish orqali salohiyatli korxonalar va fermer xo’jaliklari negizida eksport hajmini oshirish;

Ikkinchidan, eksport asosan Rossiya Federatsiyasining bir qator shaharlariga hamda Qozog’iston, Tojikiston va Qirg’iziston davlatlariga amalga oshirilishini hisobga olgan holda, eksport geografiyasini kengaytirish choralarini ko’rish orqali eksportyor korxonalarga Yevropa va xalqaro talablariga javob beradigan, sifatli mahsulotlar tayyorlash va xalqaro sertifikatlarga ega bo’lishlariga ko’maklashish;

Uchinchidan, tumanda mevani qayta ishlash sohasini kengaytirish va mazkur sohaga yo’naltirilgan loyihalarni ishga tushirish choralarini ko’rish hamda ushbu yo’nalishda loyihalarni amalga oshirish istagida bo’lgan xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish;

To’rtinchidan, tumanda sanoat mahsulotlari eksporti hajmini oshirish choralarini ko’rish va sanoat yo’nalishidagi yirik loyihalar, xususan,

2020-2021 yillarda sanoat yo’nalishida ishga tushirilishi belgilangan qiymati 331,6 mlrd.so’mlik loyihalar doirasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksportga yo’naltirishni tashkil etish.

Misol uchun:“Fergana Global textile” MCHJ korxonasining to’qimachilik klasterini tashkil etish (kalava ip, xom-ashyo, bo’yalgan mato, tayyor mahsulot) loyihasi joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilib, 2021 yilga

5 mln.dollarlik mahsulot eksport yo’naltiriladi.

Tumanda yangi tashkil etilgan “Akram Ekspo” MCHJ eksportyorkorxonasi tomonidan 2021 yilda 2,5 mln AQSh dollari miqdorida qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksportini amalga oshirilishi ko’zda tutilgan bo’lib xozirda Rossiya davlati bilan eksport shartnomalarini imzolash yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

“Marxamat produkt” MCHJ eksportyor korxonasi tomonidan 2021 yilda 3,5 mln AQSh dollari miqdorida qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksportini amalga oshirilishi ko’zda tutilgan bo’lib xozirda MDX davlati bilan eksport shartnomalarini imzolash yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezdentining 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to’g’risida”gi PF-5386-sonli Farmoni ijrosi doirasida 2018 yilda Sohibkor va Xumdon mahalla fuqarolar yig’inlarida qurilish-ta'mirlash, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. 

Prezidentimiz mazkur qarori ijrosini ta'minlash orqali qishloq aholi punktlarining me'moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo’l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob'yektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsad qilingan.

Mazkur hududlarda aholi ichimlik suvini yaxshilash maqsadida 4 km tarmoq tortish, tik quduq, suv minoralarini o’rnatish va ta'mirlash ishlariga 550 mln. so’m, 219 ta tozalov inshoatlari (oqava suv xandaklari) qazish ishlariga 419 mln. so’m, elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash uchun 4 km elektr tarmoqlari, transformatorlarni ta'mirlash ishlariga 326 mln. so’m, 8 km avtomobil va ichki yo’llarni ta'mirlash ishlariga 305 mln. so’m,

8 ta ijtimoiy infratuzilma ob'yektlarni qurilish-ta'mirlash ishlariga 4,7 mlrd. so’m, 18 ta bozor infratuzilma ob'yektlarini qurilish-ta'mirlash ishlariga 4,1 mlrd. so’m mablag’lar sarflangan.

Xususan, Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududida 4 ta TPlar joriy remont qilindi, hududdagi 118-TPning yukini yengillatish maqsadida 160 kVAlik 1 dona TP olib kelib o’rnatildi.

 Xumdon mahalla fuqarolar yig’ini hududida 11-TP yukini yengillatish maqsadida 160 kVA 1 ta TP o’rnatildi. Salqilangan elektr simlari taranglashtirilib, yog’och tayanchlar yangi temir beton tayanchlarga almashtirildi.

Sohibkor va Xumdon mahallalaridagi aholini suyultirilgan gazga bo’lgan ehtiyojlarini qoplash maqsadida 160 dona maishiy gaz ballonlari tarqatilgan.

Sohibkor mahallasi hududidagi suv minorasi hududini tozalash ishlari bajarilgan. Dasturga kiritilgan ko’chalarga tarmoq tortish ishlari olib borilgan hamda mavjud tarmoqlarning joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilgan. Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini Sohibkor va Mustaqillik ko’chalariga 6 km tarmoq tortilgan hamda 2 ta yangi suv minorasi va 1 ta yangi suv nasosi o’rnatilgan.

2019 yild davomida esa Dasturga asosan “Solijonobod”, “Yangihayot” hamda “Yangiobod” aholi yashash punktlarida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Olib borilgan ishlar doirasida ushub hududlarda 4 km ichimlik suvi tarmog’i tortildi (320 mln. so’m Respublika byudjeti, xalqaro moliya institutlari kredit va grant mablag’lari hisobidan).

7 ta ichimlik suvi inshootlarini rekonstruksiya qilish va 3 ta yangisini o’rnatish ishlari olib borildi (Respublika byudjeti, xalqaro moliya institutlari kredit va grant mablag’lari hamda Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirishga ajratiladigan mablag’lari hisobidan 278 mln so’m).

5.8 km elektr tarmoqlari tortish uchun jami 240 dona tayanchlar o’rnatildi va 13 ta transformatorlarni ta'mirlanib 3 ta yangi TP o’rnatildi, shuningdek, 10 kV li 2,5 km va 3 km SIP tarmoq tortildi (772 mln. so’m “O’zbekenergo” AJ hisobidan).

66 ta suyultirilgan gaz ballonlarni aholiga to’liq yetkazib berildi va suyultirilgan gaz bilan ta'minlanib kelinmoqda (50.5 mln. so’m “O’ztransgaz” AJ hisobidan).

16.4 km xo’jaliklararo va ichki yo’llarni 9.2 km qismi to’liq shag’allashtirib 7.2 km qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi (1 mlrd.

431 mln. so’m Respublika byudjeti, xalqaro moliya institutlari kredit va grant mablag’lari hamda 789 mln. so’m mahalliy byudjet parametrlarida ko’zda tutilgan mablag’lar hisobidan).

6 ta ijtimoiy infratuzilma ob'yektlar (3 ta maktab, 2 ta MTM va 1 ta shifokorlar xizmat uyi)ni qurilish-ta'mirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi (1 mlrd. 242 mln. so’m mahalliy byudjet parametrlarida ko’zda tutilgan mablag’lar hisobidan).

3 ta bozor infratuzilma ob'yektlari (savdo majmualari)ni qurish-ta'mirlash ishlari yakunlanib, ushbu savdo majmualari ishga tushirilishi hisobiga aholiga xizmat ko’rsatish sifati yaxshilanib 4 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Bundan tashqari, “Obod qishloq” dasturini 2-bosqichiga kiritilgan “Qorajiyda” hamda “Bo’ston” mahalla fuqarolar yig’inlarida dasturda belgilangan ishlar boqichma-bosqich olib borilgan.

Xususan, “Qorajiyda” mahalla fuqarolar yig’inida Olmazor qishlog’ida 1-sonli Maktabgacha ta'lim muassasasiga mahalliy byudjet va uning oshirib bajarilgan qismi hisobidan 250 mln. va 25-umumta'lim maktablariga Respublika byudjeti, maqsadli jamg’armalar hisobidan 850 mln. so’m mablag’ ajratilib qurilish ta'mirlash ishlari olib borildi. Shuningdek,  4.5 km masofaga ichimlik suv tarmoqlari tortilib, 1 dona suv minorasi, 1 ta suv ko’tarib berish nasosi o’rnatilib, Respublika byudjeti, maqsadli jamg’armalar hisobidan 580 mln. so’m sarflandi. Dasturda 3.5 km masofada shag’allashtirish va asfaltlashtirish ishlarini olib borildi.

Elektr ta'minotini yaxshilash bo’yicha “Qorajiyda” mahalla fuqarolar yig’ini Olmazor qishlog’ida 14 ta tayanchlar o’rnatilib, 3 ta TP va 2.4 km uzunlikdagi havo liniyasi makammal ta'mirdan chiqarildi.

Olmazor qishlog’ida manzarali 90 dona daraxt ko’chatlari ekilib, hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shuningdek, 35 ta ko’cha chiroqlari o’rnatildi.

Aholini suyultirilgan gazga bo’lgan ehtiyojlarini inobatga olib 76 dona maishiy gaz ballonlari ijara shartnomalari asosida “Qorajiyda” mahalla fuqarolar yig’ini Olmazor qishlog’i hamda “Bo’ston” mahalla fuqarolar yig’ini Tinchlik qishlog’i aholisiga tarqatildi.

Tumandagi “Borot” mahalla fuqarolar yig’inidagi quvvati 90 o’rinli bo’lgan 42-maktabgacha ta'lim tashkiloti filialini rekonstruksiya qilish uchun 1,76 mlrd. so’m mablag’ sarflanishi rejalashtirilgan bo’lib, hozirda “STAR” MCHJ pudrat tashkiloti tomonidan qurilish ishlari yakunlandi.

Shuningdek, “Qo’rg’oncha” mahalla fuqarolar yig’inidagi quvvati 120 o’rinli bo’lgan 33-maktabgacha ta'lim tashkiloti filialida yangi qurilish ishlarini amalga oshirish uchun 2 mlrd. 267 mln. so’m mablag’ sarflanishi ko’zda tutilgan. Ushbu ob'yekt “Fergana Defend” MCHJ pudrat tashkiloti tomonidan dekabr oyida qurilish ishlari tugallanishi bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 apreldagi “Inqirozga qarshi kurashish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 2020 yilda qo’shimcha ijtimoiy va infratuzilma ob'yektlarini shakllantirish va amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 41-sonli rayosat majlisining bayoniga asosan Inqirozga qarshi kurashish jamg’armasidan ajratilgan qo’shimcha mablag’lar hisobidan 2 ta ijtimoiy soha ob'yektlarida amalga oshiriladigan qurilish ta'mirlash ishlari bo’yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilgan.

“Balandmasjid” mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan 37-umumiy o’rta ta'lim maktabini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan bo’lib, qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 2 mlrd. so’m mablag’ evaziga “Mirza Saodat” xususiy korxonasi tomonidan 160 o’rinli yangi o’quv binosi qurilib foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, “Dexqonobod” mahalla fuqarolar yig’inidagi quvvati 120 o’rinli bo’lgan 5-maktabgacha ta'lim tashkiloti filialiga yangi bino qurish hamda mavjud binoni ta'mirlash rejalashtirilgan bo’lib, qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 2,703 mlrd. so’m mablag’ sarflanishi rejalashtirilgan va dekabr oyi qurilish ishlari tugallanishi belgilab olingan.

2021 yil investitsiya dasturiga asosan 7 va 30-umumiy o’rta ta'lim maktablarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan bo’lib, bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlari ustida ishlar olib borilmoqda.

2020 yilda tumanda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillapggirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5886-sonli Farmoni asosida xususiy sektorni jalb qilgan holda, jami 130 xonadonli, jumladan, har biri 5 qavatli 30 xonadonli bo’lgan uy joylardan 3 ta (jami 90 ta) hamda 40 ta 4 sotixli namunaviy  uylar qurilishi rejalashtirilgan.

Shundan, Qamishtepa massivida 2 ta ko’p qavatli uylar va (“Ravshan hamkor ta'mir” va “Qurilish hamkor ta'mir” MCHJlar tomonidan) 5 qavatli 30 xonadonli uy-joylar qurilish ishlari yakunlanish arafasida turibdi.

Xumdon massivida 1 ta (“Kamolxonov Jaxon” MCHJ tomonidan) 5 qavatli 30 xonadonli uy-joylar qurilish ishlari yakunlanish arafasida turibdi.

Shuningdek, Do’rmon massivida 40 ta 4 sotixli (0,04 ga) yer uylar (“Farg’ona ta'mir yuksalish” x/k, “Obidxon Odilxon o’g’li”, “Muhammad umar building” hamda “Sardoba Sarbon Servis” MCHJlar tomonidan, har biri 10 tadan) qurilishi rejalashtirilgan bo’lib, bugungi kunda qurilish ishlari yakunlanmoqda.

Ushbu uy-joylar qurilishi bilan tumandagi 130 ta uy-joyga ehtiyoji bo’lgan oilalarni uy bilan ta'minlab, uy-joy sharoiti yaxshilanishiga erishiladi.

Bundan tashqari, Xumdon massivida “Osiyo taraqqiyot banki kreditlari xissobidan” 1 ta 4 qavatli 24 xonadonli uy-joylar qurilishi boshlab yuborilgan.

2021 yilda tumanda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5886-sonli Farmoni asosida xususiy sektorni jalb qilgan holda tuman hududida 5 qavatli uy-joylar qurib topshirilishi rejalashtirilgan bo’lib, xozirda yer maydoni tanlash jarayoni davom etmoqda.

Qo’shtepa tumanida 2020 yil uchun tasdiqlangan “Bandlik” dasturiga muvofiq, 2020 yillik dasturda 4710 nafar mehnatga layoqatli, ishlash istagini bildirgan, vaqtincha ishsiz bo’lgan fuqarolarni ro’yhatga olish belgilangan bo’lib, amalda 6287 nafar (133.5%) fuqarolar ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yhatga olinib, Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’arma mablag’lari hisobidan 2338.5 mln so’m sarflangan.

Jumladan, Qo’shtepa tumanidagi korxona, tashkilot muassasalar tomonidan taqdim etilgan bo’sh ish o’rinlari hamda zaxiraga olingan ish o’rinlariga tasdiqlangan dasturga asosan 2700 nafar, amalda 2729 nafar (101,1%) fuqarolar ishga joylashtirildi.

2020 yilda tasdiqlangan dasturga asosan kasb mutaxasisligini, o’zgartirish istagida bo’lgan 225 nafarfuqarolarni kasbga o’qitish, qayta o’qitish va malakasini oshirish belgilangan bo’lib, amalda 258 nafar (114.7%) fuqarolar kasbga tayorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga jalb qilindi. Ushbu maqsadlar uchun ishsiz fuqarolarga ta'lim jarayonida 23.6 mln so’m stipendiya to’lab berildi.

“Aholini ish bilan ta'minlash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan tasdiqlangan dastur bo’yicha 68 nafar fuqarolar “ishsiz” deb e'tirof etilib, ularga belgilangan tartibda ishsizlik nafaqalari tayinlanib, davlat jamg’arma mablag’lari hisobidan 43.1 mln so’m to’landi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 oktyabrdagi 799-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan tasdiqlangan dastur bo’yicha 2725 nafar  fuqarolarni vaqtinchalik haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinib ularni bandligi ta'minlandi. Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’arma mablag’lari hisobidan 1,8 mlrd so’m mablag’ sarflandi.

O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019 yil 10 maydagi 19-2019-B-son “O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to’g’risida”gi Nizomga asosan Aholi bandligiga ko’maklashish markazida ro’yxatdan o’tgan, tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tish, yengil konstruksiyali issiqxonalar o’rnatish va sug’orish vositalari xarid qilish uchun, tasdiqlangan dasturga asosan 139 nafar fuqarolarga subsidiya ajratish belgilangan bo’lib, amalda 163 nafar (117.3%) ishsiz fuqarolarga bandligini ta'minlash maqsadida 401.4 mln so’m subsidiyalar ajratildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 maydagi PQ-4716-son “Tomorqa yer egalarini qo’llab-quvvatlash va aholi bandligini ta'minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq tasdiqlangan dasturga kooperatsiya tashkil etish hisobiga 50 nafar fuqarolarni bandligini ta'minlash belgilangan bo’lib, amalda50 nafar ishsiz fuqarolar, kam ta'minlangan oilalar a'zolari, tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga subsidiya orqali naslli quyonlarni parvarish qilish hisobiga “Qo’shtepa sara quyonlar” ishlab chiqarish koperativi tomonidan tarqatilib fuqarolarni bandligi ta'minlangan. Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan 111.5 mln so’m mablag’ sarflandi.

Qo’shtepa tumanida 2021 yilda mehnatga layoqatli, ishlash istagini bildirgan 4500 nafar fuqarolarni quyidagi yo’nalishlarda bandligini ta'minlash ko’zda tutilgan.

bo’sh ish o’rinlari va (kvota) ish o’rinlari orqali ishga joylashtirish hisobiga 2500 nafar, vaqtinchali haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish orqali 1350 nafar, kasbga o’qitish, qayta tayorlash va malaka oshirish kurslariga jalb qilish orqali 350 nafar, tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tish, yengil konstruksiyali issiqxonalar o’rnatish va sug’orish vositalari xarid qilish va boshqa yo’nalishlar orqali subsidiya mablag’lari ajratish hisobiga 200 nafar, ishsiz fuqarolarni ijtimoiy himoyaga olish orqali ishsizlik nafaqalarini tayinlash hisobiga 100 nafarni tashkil etadi.

Muhtaram Yurtboshimiz joriy yilning 5-6 iyun kunlari Farg’ona viloyatiga tashriflari davomida belgilab berilgan 42-sonli majlis bayonining 1-bandiga muvofiq eng avvalo - tuman sektor rahbarlariga tumandagi muhtoj oilalardagi ishsizlarni 2020 yil davomida 1095 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 2043 ta yangi ish o’rnini yaratish, ushbu ish o’rinlariga birinchi navbatda muhtoj oilalarning a'zolarini joylashtirish va “temir daftar”dan chiqarish vazifasi topshirildi.

“Temir daftar”ga 2043 ta (1-sektorda 513 ta, 2-sektorda 474 ta, 3-sektorda 441 ta, 4-sektorda 615 ta) oilalar kiritilgan.

1234 ta “Temir daftar”ga kiritilgan xonadonlardagi ishsiz fuqarolarni g’alladan bo’shagan maydonlarga takroriy ekin hisobiga ishga joylashtirish rejalashtirilgan bo’lib, amalda bugungi kunga qadar 1234 ta yoki 100,0 foiz ishsiz fuqarolarga takroriy ekin ekish uchun yer maydonlari ajratib berilib, ekish va parvarishlashga ko’maklashildi.

Bundan tashqari, “Temir daftar”dagi xonadonlarga kredit orqali parranda, chorva xayvonlari, issiqxona hamda tikuvchilik dastgoxlari sotib olish uchun tumandagi 2 ta tijorat banklari (Agro bank, Xalq banki) orqali jami 604 ta xonadonlarga 3,5 mlrd so’m kreditlar ajratildi.

Shundan Parrandachilik uchun 237 ta xonadonlarga 379,5 mln. so’mlik parrandalar,

Misol uchun: Istiqbol MFY hududida yashovchi fuqaro Dadajonov Zoxidjon G’ulomjonovich xonadoniga qiymati 2,0 mln. so’mlik 100 bosh, Tuychiyev Azizbek Azimovich xonadoniga qiymati 2,0 mln. so’mlik 100 bosh, Soybo’yi MFY hududida yashovchi fuqaro Ermanbetova Soxibaxon To’lqin qizi xonadoniga qiymati 2,0 mln. so’mlik 100 bosh parrandalar tarqatildi.

Chorva hayvonlari (qo’y) uchun 323 ta xonadonlarga 2 mlrd. 166 mln.

600 ming so’mlik chorva hayvonlari (qo’y),

Misol uchun: Balandmasjid MFY hududida yashovchi fuqaro Nurmatova Ma'rifatxon O’lmasaliyevna xonadoniga qiymati 3,4 mln. so’mlik, Sarmozor MFY hududida yashovchi fuqaro Maxmudjonova Feruzaxon Jamalovna xonadoniga qiymati 3,4 mln. so’mlik tikuv mashinalari kredit asosida yetkazib berildi.

Issiqxona uchun 23 ta xonadonlarga 375,6 mln. so’mlik issiqxonalar qurib berildi;

Misol uchun: Qoraqushchi MFY hududida yashovchi fuqaro Uzaqova Munisxon To’lanovna xonadoniga qiymati 5,5 mln. so’mlik, Kattaboltako’l MFY hududida yashovchi fuqaro Tojimatov Saydullo Fozil o’g’li xonadoniga qiymati 6,6 mln. so’mlik issiqxonalar qurib berildi.

Asalarichilik uchun 1 ta xonadonga 6 mln so’mlik asalari uyasi va oilalari;

Tikuvchilikni rivojlantirish uchun 49 ta xonadonlarga 718,0 mln. so’mlik tikuv mashinalari yetkazib berildi,

Misol uchun: Balandmasjid MFY hududida yashovchi fuqaro Nurmatova Ma'rifatxon O’lmasaliyevna xonadoniga qiymati 3,4 mln. so’mlik, Sarmozor MFY hududida yashovchi fuqaro Maxmudjonova Feruzaxon Jamalovna xonadoniga qiymati 3,4 mln. so’mlik tikuv mashinalari kredit asosida yetkazib berildi.

Respublika Bandlik jamg’armasi mablag’lari orqali Subsidiya asosida 146 ta xonadonlarga mablag’i 448,5 mln. so’mlik issiqxonalar qurib berildi,

Jumladan, 1-sektor hududidagi Soxibkor MFY, Chimkent ko’chasi 9-uyda yashovchi fuqaro Tojinorova Zulayxon Shokirovna xonadoniga 1 sotix, Karnaychi MFY, Archazor ko’chasi 355-uyda yashovchi fuqaro Davronov Yodgorali To’xtasinovich xonadoniga 1 sotix, Qayrag’och MFY, Ma'rifat ko’chasi 4 uyda yashovchi fuqaro Xudoyberganov Shukurillo Nabiyevich xonadoniga 5 sotixli issiqxonalar qurib berildi.

2-sektor hududidagi Kattabeshkapa MFY, Yangiobod ko’chasi 74-uyda yashovchi fuqaro Mirzayev Olmaxon Orifjonovna xonadoniga 5 sotix, Eshonguzar MFY, Nafis ko’chasi 9-uyda yashovchi fuqaro Xabibullayev Qudratjon Raxmatjonovichlar xonadoniga 1 sotixli issiqxonalar qurib berildi.

3-sektor hududidagi Langar MFY, Mardlik ko’chasi 22-uyda yashovchi fuqaro Yuldashev Xursandboy Xamidjonovich xonadoniga 1 sotix, Shahartepa MFY, Shahartepa ko’chasi 36-uyda yashovchi fuqaro Abduraxmonova Lolaxon Sotvoldiyevna xonadoniga 5 sotixli issiqxonalar qurib berildi.

4-sektor hududidagi Qo’rg’oncha MFY, Obodlik ko’chasi 286-uyda yashovchi fuqaro Abduraxmonova Masturaxon Xoldoraliyevna xonadoniga 5 sotix, Yangiariq MFY, Iftixor ko’chasi 55-uyda yashovchi fuqaro Madraximov Ro’zimatjon Xudoyberdiyevich xonadoniga 5 sotixli issiqxonalar qurib berildi.

Subsidiya orqali “Qo’shtepa sara quyonlari” ishlab chiqari kooperativi tomonidan naslli quyonlari tarqatish bo’yicha jami 111,5 mln. so’mlik naslli quyonlarni 55 ta “Temir daftar”ga kiritilgan xonadonlarga har biriga

8 donadan jami 440 bosh naslli quyonlar hamda ularga 45 kunga yetarli bo’lgan ozuqa yemliklari yetkazib berildi.

Jumladan; 1-sektor hududidagi Qumtepa MFY, Hamkorlik ko’chasi 99-uyda yashovchi fuqaro Xamroyev Zokirjon Komilovichga 8 bosh, Karnaychi MFY, Chinortepa ko’chasi 141-uyda yashovchi fuqaro Maxmutaliyev Abdullajon Akramovichga 8 bosh naslli quyonlar yetkazib berildi.

2-sektor hududidagi Vatan MFY, Tolzor ko’chasi 85-uyda yashovchi fuqaro Ummataliyev Doniyorbek Davron o’g’liga 8 bosh, Vatan MFY, Tolzor ko’chasi

73-uyda yashovchi fuqaro Mamatov Farxodjon Xakimovichga 8 bosh naslli quyonlar yetkazib berildi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining 5 marotaba o’tkazilgan sessiyalarida jami 1306 ta xonadonlar temir daftardan chiqarishga erishildi. (1-sektordan 383 ta, 2-sektordan 282 ta, 3-sektordan 279 ta, 4-sektordan 362 ta).

Bugungi kunga ya'ni 2020 yil 10 dekabr holatiga temir daftarda jami 737 ta (1-sektorda 130 ta, 2-sektorda 192 ta, 3-sektorda 162 ta, 4-sektorda 253 ta) xonadonlar tashkil etmoqda.

Joriy yilning yakuniga qadar yana “Temir daftar”dan 148 ta (1-sektordan 20 ta, 2-sektordan 68 ta, 3-sektordan 25 ta, 4-sektordan 40 ta) xonadonlarni chiqarish bo’yicha barcha choralar ko’rilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib tuman bo’yicha 2021 yilning 1 yanvar holatiga jami 584 ta (1-sektordan 110 ta, 2-sektordan 124 ta, 3-sektordan 137 ta,

4-sektordan 213 ta) xonadonlar “Temir daftar”da qolishi ko’zda tutilgan.

Mazkur 584 ta xonadonlarni ham temir daftardan 2021 yilda chiqarish bo’yicha barcha sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilot va korxona rahbarlari bilan birgalikda belgilangan tartibda ishlar olib borilmoqda va ijrosini to’liq ta'minlaymiz.

Ma'lumki, joriy yilning 8 oktyabr kuni Muhtaram Prezidentimiz raisligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida jamiyatda xotin-qizlar va yoshlarning rolini oshirish hamda ularning bandligini ta'minlash bo’yicha mutasaddi tashkilotlar oldiga bir qator vazifalar qo’yildi.

Zero, hududlarda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni joriy etish orqali ayollar va yoshlarga oid bir qator ijtimoiy masalalarni manzilli tashkil etish, mavjud muammolarni aniqlash, ularga yordam ko’rsatish zarurligi aytib o’tildi.

Ushbu berilgan topshiriqqa asosan tumanda 2020 yil 17 oktyabr kunidan boshlab “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni shakllantirish bo’yicha xatlov ishlari olib borildi.

Hozirgi kunda 51 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida 38535 ta xonadonlarga kirilib, 30 yoshdan yuqori bo’lgan 31156 nafar ayollar bilan suhbatlashib, so’rovnoma-anketalari to’ldirilib, ro’yxatga olindi.

1-sektor hududida 15 ta mahalla fuqarolar yig’inidagi 10391 ta xonadonlarda istiqomad qilayotgan 8857 nafar, 2-sektor hududida

13 tamahalla fuqarolar yig’inidagi 10103 ta xonadonlarda istiqomad qilayotgan 7833 nafar, 3-sektor hududida 10 ta mahalla fuqarolar yig’inidagi 8710 ta xonadonlarda istiqomad qilayotgan 5847 nafar, 4-sektor hududidagi 13 ta mahalla fuqarolar yig’inidagi 9331 ta xonadonlarda istiqomad qilayotgan 8619 nafar ayollarda so’rovnoma tarzida xatlov o’tkazildi.

Bugungi kunda tumanda “Ayollar daftari” bo’yicha xatlov so’rovnomalarini o’tkazish ishlari yakuniga yetkazildi.

Shuningdek, xatlov davomida “Ayollar daftariga” kiritilgan 40 nafar ishsiz xotin-qizlarni Sarmozor mahallasida tashkil etilgan “Soyib-ali textile”, “Grand Military” xususiy korxonalariga jalb qilish, tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan 110 nafar ayollarni kasbga qayta o’qitish hamda “Ustoz-shogird” tizimi asosida faoliyat yuritish xohishi bor 85 nafar ayolni ustozlarga biriktirish yuzasidan  chora-tadbirlar belgilandi.

Bugungi kunda aholining go’sht va sut mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish va go’sht mahsulotlari narxlarini asossiz ravishda oshib ketishini oldini olib borasida bir qator tadbirlar va loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Shukur Davlat”ko’p tarmoqli xususiy tijorat fermasi tomonidan joriy yilda Estoniya davlatidan 295 bosh “Golshtin Friz” zotli sut yo’nalishidagi naslli qoramollar olib kelindi va hozirda ushbu qoramollardan to’liq naslli buzoqlar olinmoqda.

Bundan tashqari, “Simmental nasl chorva” fermer xo’jaligi tomonidan Avstriya davlatidan 30 bosh, “Agrovorld Qo’shtepa” fermer xo’jaligi tomonidan Namangan viloyatidan 34 bosh, “Saxovatli nasl chorva” MCHJ tomonidan 34 bosh, “Qishloq nasl chorva” fermer xo’jaligi tomonidan 28 bosh “Simmental” zotli naslli mollar olib kelindi.

Joriy yilda tumandagi foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg’armasi hisobidan 1,3 mlrd so’m mablag’ ajratildi.

Ushbu mablag’lar evaziga hamda tadbirkorlar mablag’lari evaziga tumandagi 210 gektar yer maydonlarida irrigatsiya tadbirlari bajarilishi natijasida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xo’jaligi yerlari qayta foydalanishga kiritiladi.

Bugungi kunga kelib, 2.8 km beton qoplamali sug’orish tarmog’i qurildi,

1 dona nasos agregati rekonstruksiya qilindi hamda 4 dona sug’orish quduqlari qurib bitkazildi.

Tumandagi o’zlashtirilgan 210 gektar yer maydonlarini 7,4 gektariga dukkakli ekinlar, 9,1 gektariga sabzavot, 28,3 gektariga poliz, 24,0 gektariga ozuqa ekinlari, 55,7 gektariga sholi hamda 85,5 gektariga boshqa ekinlar ekiladi.

Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida, qishloq xo’jaligi sohasida yangi ish o’rinlari yaratilib, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish xajmlari ko’paytirilishiga erishiladi.

Qo’shtepa tumanida kam ta'minlangan oilalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida 350 nafar kam ta'minlangan oilalargamahalliy byudjet mablag’lari hisobidan 10 mln. so’m mablag’ ajratilib, 49 ming 200 dona sabzavot ko’chatlari (shundan 25 ming dona pomidor, 8 ming dona bulg’or qalampiri, 9 ming 200 dona qalampir, 7 ming dona karam ko’chatlari) olib berildi.

  Shuningdek, 2020 yil davomida 270 ta aholi xonadonlariga issiqxonalar qurib berildi.

  Tumanda 2021 yil hosili uchun jami 1,4 ming gektar maydonga to’qsonbosti ekinlar ekish rejalashtirilgan.

Shundan: piyoz 232,6 gektar, sarimsoqpiyoz 799 gektar, sabzi 83,8 gektar, osh lavlagi 3 gektar, ko’katlar 102,3 gektar, karam 176,9 gektar, rejalashtirilgan bo’lib, hozirgi kunda 591,6 gektar maydonga to’qsonbosti ekinlar ekilib parvarishlanmoqda.

Tumanda 2021 yilda 51 ta maxalla fuqarolar yig’inidagi 329 ta axoli xonadonlariga 4,3 gektar maydonga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish rejalashtirilgan.

Tumanda 2021 yilda 90 ta fermer xo’jaliklarini ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklariga kiritish rejalashtirilgan.

Shundan: 90 ta fermer xo’jaliklarini ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari toifasiga kiritish, shundan, 2 tasida muzlatkich omborxonalarni qurish,

5 tasida issiqxona tashkil etish, 6 tasida servis xizmatlari yo’lga qo’yish,

1 tasida qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, 2 tasida tegirmon xizmati tashkil etish, 11 tasida intensiv bog’lar barpo etish, 6 tasida qoramolchilik, 2 tasida parrandachilik, 30 tasida asalarichilik, 4 tasida qo’ychilik hamda 1 tasida quyonchilikni yo’lga qo’yish, 20 tasida dala do’konlari tashkil etiladi.

  Qo’shtepa tumanida irrigatsiya tizimi va sug’orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyentini oshirish yuzasidan 2020 yilda jami 483 km Xo’jaliklararo va xo’jalik ichki sug’orish tarmoqlarini tozalash ishlari rejalashtirilgan.

  Shundan 17 km irrigatsiya bo’limi balansida bo’lib, amalda 17 km xo’jaliklararo kanallar to’liq tozalandi hamda qolgan 466 km xo’jalik ichki sug’orish tarmoqlari tuman suv istemolchilari uyushmasi, klaster korxonalari va fermer xo’jaliklari hisobiga to’g’ri kelib, amalda 366 km qismidan ortig’i tozalanib, qolgan qismida tozalash ishlari davom etmoqda.

  Tumanda 2020 yilga D-86-A va KFK bo’ylama kollektor tarmoqlarini tozalash loyihalarida, jami 125,5 km zovurlarni tozalash rejalashtirilgan bo’lib, amalda rejalashtirilgan 125,5 km zovur tarmoqlarida to’liq tozalash ishlari yakunlandi.

  Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo’yicha tumanda 2020 yilga jami 160 gektar maydonga suv tejovchi texnalogiyalar joriy etilgan bo’lib, shundan 85 gektari paxta maydonga va qolgan 75 gektari bog’ maydonlariga to’g’ri kelmoqda.

Tumanda Suv tejovchi texnalogiyalarni 2021 yilga jami 2 000 gektarga dastur tayyorlangan bo’lib, shundan 1800 gektar tomchilatib sug’orish va

200 gektari yomg’irlatib sug’orishga to’g’ri kelmoqda, hozirgi kunda quruvchi tashkilotlar bilan tumandagi klaster korxonalari va fermer xo’jaliklari o’rtasida shartnomalar imzolanmoqda.

Tumanda 2021 yilga jami 420 km xo’jaliklararo va xo’jalik ichki kanallarni tozalash rejalashtirilgan bo’lib, shundan 20 km irrigatsiya bo’limi balansidagi xo’jaliklararo kanallariga va qolgan 400 km qismi suv iste'molchilar uyushmasi, klaster korxonalari va fermer xo’jaliklari ichki sug’orish tarmoqlariga to’g’ri kelmoqda.

  Qo’shtepa tumanidagi jami 190.0 ming nafar aholi bo’lib, ushbu aholining 74 foiz qismi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlangan, qolgan 26 foiz qismi alternativ ichimlik suv manbaalari orqali ichimlik suv bilan ta'minlanadi.

Tumandagi mavjud 174 dona ichimlik suv olish inshootlarining loyihaviy quvvati 63 ming m3/sutka bo’lib, amalda 36,6 m3/sutka (58%) quvvat bilan ishlamoqda. Qo’shtepa tumani hududida jami 355 km ichimlik suv tarmog’i mavjud bo’lib, 127,8 km (36%) ichimlik suv tarmog’i hozirgi kunda ta'mir talab holatda. Tuman hududidagi aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun jami 8 dona ichimlik suv inshootlari (rezervuar) va 174 dona ichimlik suv quduqlari mavjud bo’lib, shundan,114 donasi o’zi oqar (samotok) quduqlar xisoblanadi.

2019-2020 yilgi Investitsiya dasturiga asosan Loyson suv inshootini mukammal tamirlab 4 km yangi ichimlik suvi tarmog’i tortish ishlarini bajarish rejalashtirilgan bo’lib 1,3 mlrd. so’m mablag’ ajratilgan.                 2019 yilda quruvchi “Fergana Yeva-Mariya” x/k tomonidan dasturda belgilangan 4 km yangi ichimlik suvi tarmog’i tortish, bir dona yangi suv minorasi o’rnatish ishlari amalga oshirilib 780.0 mln. so’mlik ishlar bajarildi.

2020 yilda bir dona tik ichimlik suvi qudug’ini tozalash va unga yangi suv nasosi o’rnatish, suv inshooti xizmat binolarini ta'mirlash ishlari amalga oshirilib 554 mln. so’mlik ishlar bajarildi. Hozirda suv inshootida rejadagi ishlar yakunlanib foydalanishga topshirish holatida. Ushbu inshoot foydalanishga qabul qilingandan so’ng Dilkash, Mulkobod, Toshloq, Inoqlik ko’chalarida yashovchi 997 ta xonadonlarda yashovchi 4295 nafar aholi toza ichimlik suvi ta'minotiga ega bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 5 - 6 iyun kunlari Farg’ona viloyatiga tashriflari yakuni buyicha 15 iyun kuni tasdiqlangan 42-sonli majlis bayoniga asosan Qo’shtepa tumanida 1.1 mlrd. so’m mablag’lar doirasidagi jami 1 ta ob'yektda 4 km ichimlik suv tarmog’i qurish, 1 dona suv qudug’i qazish, 1 dona ichimlik suv minorasi o’rnatish, va 1 dona ichimlik suv nasosi o’rnatish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu ishlarni amalga oshirish natijasida jami

2100 nafar axoli ichimlik suvi bilan ta'minlashga erishiladi.

2021-2024 yillarda 26 ta mahalla fuqarolar yig’inlariga ichimlik suvi tarmog’i ta'mirlash va yangi ichimlik suvi tarmoqlari tortish ishlari bajariladi.

  2020 yil boshida tumanda 33 ta davlat, 2 ta davlat xususiy sherikchilik,

5 ta xususiy va 46 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat ko’rsatgan bo’lib, tumandagi 15016 nafar 3-7 yoshli bolalarning 8635 (57.5%) nafari qamrab olingan.

Bugungi kunga kelib tumanda 1 ta davlat (Pedagogika kollejida), 1 ta davlat xususiy sherikchilik va 20 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkil etildi. Tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining bo’sh turgan xonalariga qo’shimcha guruhlar tashkillandi. 2, 4, 6, 13, 18-sonli maktabagcha ta'lim tashkilotlariga 6 yoshlilarni qamrab olish maqsadida 2 tadan jami 10 ta majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari tashkil etildi. 5, 8, 10, 14, 17, 31-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari qisqa muddatli guruhlar tashkillandi. Yuqoridagi amalga oshirilgan ishlar hisobiga tumandagi 15732 nafar 3-7 yoshli bolalardan 10560 nafar (67%) bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olindi.

Tumandagi 5, 33 va 42-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari filial binolarida “Investitsiya” dasturi asosida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu ta'lim tashkilotlariga qo’shimcha 420 nafar bolalar qamrab olish rejalashtirilgan.

Ta'lim jarayoniga ilg’or pedagog texnologiyalarni tadbiq etish  va ta'lim sifatini oshirish maqsadida ta'lim tashkilotlariga 63 turdagi didaktik tarqatma jihozlar tarqatildi.

2021 yilda tumandagi 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish ko’rsatgichini oshirish maqsadida, 20 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, 1 ta 100 o’rinli davlat xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta'lim tashkiloti, 6 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish vazifasini belgilab oldik.

Shuningdek, tumandagi 25, 10, 42-maktabgacha ta'lim tashkilotlarida “Investitsiya” dasturi asosida qurilish-ta'mirlash ishlari olib boriladi hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari tashkil etiladi.

Yuqoridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish orqali qo’shimcha 1800 nafar bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinib, tuman ko’rsatgichi 75 foizga yetkaziladi.

  Bugungi kunda Qo’shtepa tumanida 50 ta umumta'lim muassasalari faoliyat olib boradi. 48 ta umumta'lim maktablari hamda 2 ta ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internatlari. 1-IDUMI aniq fanlarga, 2-IDUMI tabiiy fanlarga chuqurlashtirilgan.

Qo’shtepa tumanida ta'lim o’zbek tilda olib boriladi.

2020-2021 o’quv yilida jami o’quvchilar soni 33275 nafarni tashkil etadi.

Ø        1-sinf o’quvchilar soni 3635 nafar;

Ø        9-sinf o’quvchilar soni 2839  nafar;

Ø        11-sinf o’quvchilar soni 2487 nafar.

2020-2021 o’quv yilida ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan

2340 nafar  o’qituvchilarning 1585nafari (68 %) ayollar, oliy ma'lumotli o’qituvchilar 1933 nafar (83%), tugallanmagan oliy 75 nafar (1,5%),

o’rta-maxsus ma'lumotli  o’qituvchilar 332 nafar (14,2 %), ni tashkil etadi.

Malaka toifalariga ko’ra 43 nafari oliy (1,8 %), 194 nafari  birinchi  (8,3%), 650 nafari ikkinchi (27,8%), 1146 nafari mutaxassis (49 %) toifasiga ega bo’lgan o’qituvchilarni tashkil etadi.

Tumandagi umumta'lim maktablariga jami 3635 nafar o’quvchilar 2020/2021 o’quv yili uchun 1-sinfga qabul qilingan, ulardan 401 nafari 6,5 yoshli,

3234  nafari 7 yoshli bolalarni tashkil etadi.

2020/2021 o’quv yilida yakka tartibda 1-11-sinflarda jami 63 nafar o’quvchilar ta'lim olmoqdalar. Jumladan, 1-4-sinflarda 28-nafar, 5-11-sinflarda 35 nafar.

Bugun har bir o’qituvchi va tarbiyachi ta'lim va ilm-fan sohasidagi eng so’nggi ijobiy yangiliklarni o’quv jarayonlariga tatbiq eta oladigan, chuqur bilim va dunyoqarash egasi, bir so’z bilan aytganda, zamonamiz va jamiyatimizning eng ilg’or vakillari bo’lishlari kerak.

2020 yil “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yilida viloyat hokimligi tomonidan 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 12, 13, 19, 35, 36, 38, 46, 49,

50-umumta'lim maktablariga 281 ta kompyuterlar jamlanmasi berildi.

Bundan tashqari, “Muxammad Umar Bolding” firmasi tomonidan

18-umumiy o’rta ta'lim maktabida 173,9 mln. so’mlik, 40-umumiy o’rta ta'lim maktabida 289 mln.  so’mlik, 50-umumiy o’rta ta'lim maktabida 293,5 mln. so’mlik ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, 18-umumiy o’rta ta'lim maktabida tunuka va tarnovlar, asosiy binodagi 3-ta sinf xonasi pollari yangilandi. Faollar zali, fasad qismi to’liq ta'mirlandi. Maktabni kirish darvozasi hamda yaroqsiz holdagi temir panjaralari yangilandi.

40-umumiy o’rta ta'lim maktabida 16 ochkoli yangi hojatxona qurib bitkazildi. Asosiy binoning 9 ta kirish va chiqish eshiklari AKFA eshiklarga almashtirildi, binoga kirish qismidagi tom shiferlari yangilandi. Isitish tizimlari yangilanib, maktab hududidagi yo’laklarga beton bardyorlar hamda asfalt yotqizildi. maktab oldi qismidagi temir panjaralar almashtirildi.

50-umumiy o’rta ta'lim maktabining asosiy binosi 58 ta akfa romga,

23 ta MDF, 3 ta akfa eshikka almashtirildi. 11 ta sinf xonalari 680 kv2 pol qilindi. Tomlarga 61 ta tarnov o’rnatildi. Maktabdagi ma'nan eskirgan 3 ta isitish qozonlari yangisiga almashtirildi.

Investitsiya davlat dasturi doirasida pudratchi “Mirza Saodat” xususiy korxonasi tomonidan 37-umumiy o’rta ta'lim maktabida 2 mlrd. 206 mln. so’mlik rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Buning natijasida 160 o’rinli qo’shimcha o’quv binosi qurilib foydalanishga topshirildi va mavjud o’quv binosi mukammal ta'mirdan chiqarildi.

Tuman hokimining tegishli farmoyishiga asosan 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumi uchun ta'lim muassasalarigajami 30 ta isitish qozonlari o’rnatish va 2170 metr issiqlik tizimini almashtirish uchun 500 mln. so’m pul mablag’lari ajratib berildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 5 - 6 iyun kunlari Farg’ona viloyatiga tashriflari yakuni buyicha 15 iyun kuni tasdiqlangan 42-sonli majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan 2021 yilda 20-umumiy o’rta ta'lim maktabi matematika faniga ixtisoslashtirilgan sinflarni tashkillanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2021 yilda xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi quyidagi maktablarida ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etish uchun takliflar ishlab chiqildi.

Xususan:

- 5, 6 hamda 46-umumiy o’rta ta'lim maktablarini matematika fanini chuqur o’qitishga ixtisoslashgan sinfi mavjud maktabga aylantirish;

- 21, 30, 43, 49-umumiy o’rta ta'lim maktablarini kimyo va biologiya fanini chuqur o’qitishga ixtisoslashgan sinfi mavjud maktabga aylantirish;

- 1-umumiy o’rta ta'lim maktabini informatika fanini chuqur o’qitishga ixtisoslashgan sinfi mavjud maktabga aylantirish.

  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 18 oktyabr kuni sog’liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash, sifatli dori-darmon bilan ta'minlash borasidagi islohotlar tahliliga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi.

Ushbu yig’ilishda tizim faoliyatini tubdan takomillashtirish, odamlarda haqli e'tiroz uyg’otayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha aniq ko’rsatmalar berildi, shu yo’nalishda amalga oshirilayotgan dasturlar ijrosi atroflicha ko’rib chiqildi.

Shuni alohida takidlab o’tish joizki, qisqa davr mobaynida sohani yanada rivojlantirish, tibbiy xizmatlar ko’lami va sifatini oshirishga qaratilgan 30 ga yaqin farmon va qarorlar qabul qilindi.

Bugungi kunga kelib tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar doirasida 2020 yil davomida tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasalarni 2020-2021 yil kuz-qish mavsumida barqaror ishlashni ta'minlash uchun tuman hokimining farmoyishiga asosan Yuqumli kasaliklar shifoxonasining isiqlik tizimini ta'mirlash va1 dona isitish qozoni o’rnatish uchun 45 mln. so’m, Qorajiyda qishloq vrachlik punktidagi 2 dona eski isitish qozonlari o’rniga yangi isitish qozonlarini o’rnatish uchun 18 mln. so’m,O’qchi, Qayilma, Beshkapa shifokor xizmat uylaridagi eski isitish qozonlari o’rniga yangilarini o’rnatish, Do’rmon tez tibbiy yordam shaxobchasi, Oqtepa qishloq vrachlik punkti va Langar shifoxonasini kirxona binosidagi eski isitish qozonlari o’rniga yangi isitish qozonlari o’rnatish va O’zbekiston shifokor xizmat uyini 1 dona isitish qozoni va ichki isitish tizimlarini ta'mirlash ishlari uchun 84 mln. so’m mablag’ ajratilib, ta'mirlash ishlari olib borildi.

Shuningdek, joriy yil davomida Oqtepa va G’ishtmon qishloq vrachlik punktlari binolari 100 mln. so’m mablag’ evaziga ta'mirdan chiqarildi. Tez tibbiy yordam bo’limi Fayz shaxobchasining binosi esa 65 mln. so’m mablag’ bilan mukammal ta'mirdan chiqarildi.

Tumanda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilish davrida COVID-19 koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlarni davolash uchun tashkil qilingan provizor bo’limga 90 dona kislorod ballonlari, 20 dona mobil kislorod konsentratori, 4 dona SPAP apparati, 1dona sun'iy nafas berish apparati, 1 dona EKG apparati hamda 6 dona funksional krovatlar sotib olib foydalanishga topshirildi.

Pandemiya davrida tuman aholisiga tibbiy yordam sifatini yaxshilash maqsadida 2 dona yangi DAMAS rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi sotib olindi.

2021 yilda Farg’ona viloyati hokimining 2020 yil 31 oktyabr kungi “Aholiga ko’rsatilayotgan birlamchi tibbiy sa'nitariya yordami xizmati faoliyatini yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 290-sonli qaroriga asosan tumandagi Loyson qishloq vrachlik punkti faoliyati qayta tiklash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish va bu orqali aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini oshirishga erishiladi.

Shuningdek, tuman axolisiga tibbiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash maqsadida 2021 yil davomida Sarmazor tez tibbiy yordam shaxobchasini qishloq oilaviy poliklinikasiga aylantirish va tumanning chekka hududidagi Solijonobod shifokor xizmat uyini qishloq vrachlik punktiga aylantirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, investitsiya dasturi doirasida 2021 yilda Silga qarshi kurashish bo’limi binosini joriy tamirlash uchun 150 mln. so’m, O’zbekiston shifokor xizmat uyini joriy ta'mirlash uchun 150 mln. so’m va Markaziy shifoxonaning ichki isitish tizimini joriy ta'mirlash uchun 300 mln. so’m jami 600 mln. so’m mablag’ ajratish ko’zda tutilgan.

Tumanimizda bugungi kunda sportning chim ustida xokkey, basketbol, voleybol va futbol turlari keng ommalashib bormoqda.

Hozirda yoshlarni jismonan chiniqtirish, sport bilan shug’ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida xususiy tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan 1 ta fitnes klubi, 2 ta trinajyor zal va 1 ta yopiq turdagi sun'iy qoplamali futbol maydoni foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, sobiq Agrosanoat kollejida yoshlarning badminton,  volleybol, boks, futbol, yengil atletika, qo’l to’pi, basketbol turlari bo’yicha muntazam shug’ullanishlari uchun 100 mln. so’m mablag’ ajratilib, zamonaviy sport jihozlari olib kelindi va sport kompleksi binosi 36 mln. so’m mablag’ evaziga ta'mirdan chiqarildi.

Bundan tashqari, 2020-2021 yil kuz-qish mavsumi uchun tumandagi bolalar-o’smirlar sport maktabining issiqlik tizimini ta'mirlash uchun 35 mln. so’m mablag’ ajritildi.

Tumanda sportning “Chim ustida xokkey” turi bilan uzoq yillardan buyon shug’ullanib kelinadi. Hozirda “Zarnigor” xokkeychi qizlar jamoasi viloyatimiz sharafini himoya qiladi. Jamoada 200 nafardan ziyod qizlar shug’ullanadi. “Zarnigor”chilar 20 marotaba respublika chempionligini qo’lga kiritishgan. Jamoaning 18 nafar qizi O’zbekiston milliy terma jaoasining ayollar, qizlar va o’smir qizlar jamoasining a'zolari hisoblanadi. Ushbu sport turi bilan muntazam ravishda shug’ullanishlari uchun yetarli sharoit yaratish maqsadida 82 mln. so’mlik sport inventarlari olib berildi.

Shuningdek, tumandagi 23-umumta'lim maktabi hududida zamonaviy moddiy-texnika bazasiga ega bo’lgan “Chim ustida xokkey” sport kompleksini qurish uchun tuman hokimining yer maydoni ajratish bo’yicha qarori qabul qilindi. Investitsiya dasturiga kiritish bo’yicha viloyat hokimligiga taklif berildi.

2020 yil davomida respublikamizda pandemiya sharoiti bo’lishiga qaramay tumandagi bolalar o’smirlar sport maktabi chim ustida xokkey sport turi guruhining 18 nafar, muay tay sport turi guruhining 7 nafar, bel olish kurashi guruhining 3 nafar, o’zbek jang san'ati guruhining 6 nafar, basketbol guruhining 4 nafar sportchi o’quvchilari Respublika miqyosida o’tkazilgan nufuzli musobaqalarda faxrli o’rinlarni egallab sovrindor bo’ldilar.

Bundan tashqari sportning basketbol turi bo’yicha 12 nafardan iborat viloyat qizlar jamoasining asosiy tarkibini Qo’shtepa tumanining 10 nafar sportchi qizlari tashkil etadi. Jamoa 2019-2020 yilgi mavsumda O’zbekiston chempionati 1-ligasida qatnashib 1-o’rinda yakunladi.

Joriy 2020-2021-yilgi mavsumda ham respublika ommaviy sport kalendar rejasida belgilangan O’zbekiston milliy basketbol chempionatida jamoa 1-o’rinda bormoqda. Jamoaning 5 nafar a'zolari oliy o’quv yurtiga kirish uchun yo’llanmaga ega bo’lib, oliy ta'lim muassasasida taxsil olmoqdalar.

Shuningdek, aholini sport bilan shug’ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, 2021 yilda tumanda qo’shimcha 3 ta sport inshootlarini bosiqchma-bosqich (fitnes klub, ochiq turdagi suv xavzasi) tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuni sizlarga ta'kidlab o’tmoqchimanki, 2021 yilga qadar tumanda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanayotgan aholining umumiy sonini 25 foizgacha yetkazish,

- sport tashkilot va muassasalarida shug’ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish,

- davlat sport ta'lim muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan oliy ma'lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich

80 foizgacha yetkazishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz.

Tumanda yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, “Yoshlar markazi” foydalanishga topshirildi. “Yoshlar markazi” qoshida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist so’z ustasi Muhamadsiddiq Sherayev rahbarligida yosh askiyachilar to’garagi faoliyati yo’lga qo’yildi. Markazda aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida kompyuter, ingliz hamda rus tili to’garaklari va jami 5000 dona 135 turdagi ilmiy va badiiy adabiyotlar hamda 10000 dona elektron adabiyotlar fondiga ega bo’lgan yoshlar kutubxonasi tumanimiz yoshlari uchun xizmat ko’rsatmoqda.

2020 yilda Rossiya federatsiyasining Moskva shahrida rassomchilik bo’yicha o’tkazilgan “Moskva verit talantov” ko’rik-tanlovida tumanimizning iqtidorli yoshlaridan biri Komiljonova Nazokatxon Dilmurodjon qizi qatnashib

1-o’rinni egalladi.

Bundan tashqari, yoshlar tashabbuslarini qo’llab quvvatlash, muammolarini hal etish maqsadida muntazam ravishda hokim va yoshlar uchrashuvlari o’tkazib kelinmoqda.

  So’nggi yillarda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash borasida keng ko’lamli islohotlar olib borilmoqda.

  E'tiborli jihati - jinoyatchilikni kamaytirish borasidagi ishlar, jumladan, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasida tezkorlikni, jinoyatlar haqidagi xabarlarni, o’z vaqtida hisobga olish va ko’rib chiqish borasida bir qancha tizimli ishlar tashkil etildi.

  Joriy yilning 11 oyi mobaynida tumandagi 51 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida, 411 ta ko’chalarning asosiy kirish va chiqish joylari hamda aholi gavjum bo’lgan jamoat joylarga 102 ta video kuzatuv kameralari, 51 ta tunu-kun, uzluksiz ishlaydigan militsiya tayanch punktlari, 37 ta jamoatchilik nazorat maskanlari tashkil etildi. Ushbu maskanlarda “Fidokor yoshlar” guruhlari tuzilib, tungi nazorat ishlari yo’lga qo’yilgan. Buning natijasida mahallalardagi ijtimoiy kriminogen vaziyatdan to’liq xabardor bo’lgan holda 10 dan ortiq huquqbuzarliklar va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga erishildi.

  Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni keltirib chiqarishga sabab bo’layotgan asosiy omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish borasida 30 marotaba “Profilaktika kuni” tadbirlari o’tkazildi.

  Tuman Ichki ishlar bo’limining 8 nafar xodimlari oldiga qo’yilgan vazifalarni vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi vaijobiy ko’rsatkichlarga erishganligi sababli, O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Xuquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi tomonidan joriy etilgan jamg’arma hisobidan rag’batlantirildi.

  Olib borilgan profilaktik ishlar natijasida Ichki ishlar organlari profilaktik hisobida jami 414 nafar fuqarolardan, 299 nafari tuzalish yo’liga qaytib, profilaktik hisobdan chiqarildi. Mazkur profilaktik hisobda turgan shaxslarning 72 nafari ayollar, 342 nafari erkaklarni tashkil etadi.

  Xususan, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish borasida o’zaro hamkorlikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 30 oktyabr holatiga tumandagi 51 ta mahallalardan 4 tasida jinoyatlar sodir etilmagan, 47 tasida (92,2%) sodir etilgan, 41 tasida (80,4%) oshgan, 6 tasida (11,8%) kamaygan va 3 tasida (5,9%) barqarorligi saqlanib qolingan.

  Prezidentimizning quyidagi iboralarini Sizlarga eslatishni joiz topdim. “Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashda hyech kim chetda turmasligi, “O’z bolangizni, o’z uyingizni, o’z Vataningizni ko’z qorachig’idek asrang!” degan shior odamlarimiz qalbidan chuqur joy olishi kerak”.

  Shu bilan birgalikda, kelgusida mahallalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog’lomlashtirish, aholi, ayniqsa xotin-qizlar o’rtasida jinoyatchilik xuquqbuzarliklarni oldini olish, ularning  muammolarini o’z vaqtida aniqlash maqsadida tuman Ichki ishlar organlari profilaktik hisobida  turgan 496 nafar  fuqarolarnifuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda sog’lom xayotga qaytarish borasida,jinoyat sodir etishga moyilligi bor 19 nafarxotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko’rsatish, 50 tanotinch, muammoli oilalarda istiqomat qilayotgan 74 ta shaxslar bilan profilaktik  ishlar olib borish  borasida  tizimli ishlarni olib borish yuzasidan  chora-tadbirlarni belgilab oldik.

  Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash, ularning erkin faoliyat yuritishlarini ta'minlash, ilg’or biznes g’oyalarini ro’yobga chiqarish, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishi hisoblanadi.

  Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan izchil sa'y-harakatlar ularning oila hamda jamiyatda munosib o’rin egallashlariga imkon berayotir.

  Jumladan, bugungi kunda Qo’shtepa tumanida 201 nafardan ziyod ishbilarmon opa-singillarimiz o’z faoliyatlarini olib bormoqdalar.

 2020 yil 11 oyida 50 nafardan ortiq xotin-qizlar tadbirkorlik yo’nalishida o’qitilgani, 209 nafardan ziyod vaqtincha ishsiz ayollar mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan do’ppi-do’zlik, sartaroshlik, qandolatchilik, oshpazlik, tikuvchilikva boshqa kasb-hunarlarga yo’naltirilgani, hamda 1560 nafardan ortiq xotin-qizlarni ishga joylashtirilgani buning yorqin dalilidir.

  Xususan, tumandagi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Ismoiljon gilamlari”, “Chimkent Sulton gilamlari” xususiy korxonalariga  hududlarda gilam to’qishni yo’lga qo’yish orqali 160 nafar, “Eshon teks” xususiy korxonasiga 40 nafar, “GRAF TEXTIL” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga 120 nafar, “Uniform Plus” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga 50 nafar xotin-qizlarni joylashtirish orqali bandligi ta'minlandi.

  Bundan tashqari, uyma-uy yurish jarayonida aniqlangan 45 nafar og’ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlar iqtisodiyotning turli tarmoqlariga ishga joylashtirildi.

  Tumanda turizmni rivojlantirish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, turistlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Sarmozor MFY Qumtepa-Satkak yo’lida “Alimardon Abubakir Fayzi” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 3 mlrd so’m bo’lgan 100 o’rinli mexmonxona qurilmoqda. Ushbu loyiha orqali 20 ta ish o’rinlari yaratiladi. Loyihani ishga tushishi 2021 yil dekabrga mo’ljallangan.

Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil  24 noyabr kuni o’tkazgan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqlari yuzasidan A-373 Toshkent-Osh yo’lining Qo’shtepa tumanidan o’tgan 4.5 km  (1.6 gektar) qismida yo’lning ikki yoqasida turizm va maishiy xizmat infratuzilmasini tashkil etish bo’yicha tuman shtabi tasdiqlanib, 8 mlrd.

910 mln. so’mlik 34 ta loyihalar shakllantirildi. Ushbu loyihalar orqali 168 ta ish o’rni yaratiladi. Loyihalarning ishga tushishi 2021-2022 yillarga to’g’ri keladi.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida 3720 nafar fuqaro chetga chiqib ketgan. (ayollar 490 nafar, yoshlar 1488 nafar) 2020 yilning o’tgan davrida 3066 nafari (ayollar 458 nafar, yoshlar 1290 nafar) yashash joylariga qaytib kelgan, shundan 1209 nafari (ayollar 308 nafar, yoshlar 150 nafar) bandligi ta'minlangan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi “Horijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a'zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to’g’risida”gi PF-5785-sonli Farmoniga muvofiq, keyingi yillarda mamlakatimizda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun horijga jo’nab ketayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash, ularga zarur huquqiy, ijtimoiy, axborot-maslahat yordam ko’rsatish va moddiy qo’llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, mehnat migrantlari va ularning oila a'zolari uchun ishonchli, shu jumladan uy-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash, moliyaviy yordam, hayoti va sog’lig’ini himoya qilish masalalarida ijtimoiy qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni qabul qilingan.

Bu borada 2020 yil davomida 17 nafar fuqarolar Farg’ona viloyati tashqi mehnat migratsiya agentltliga imtiyozli uy joy olish masalasida murojaatlari qabul qilingan hamda mehnat migrantligini tasdiqlovchi tasdiqnomalar berilgan.

2021 yil tumanimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Horijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a'zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to’g’risida”gi 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-sonli Farmoniga muvofiq, mexnat muxojirlarini qaytarish, mexnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar monitoring qilish hamda ularga imtiyozli shartlar asosida 20 ta namunali uy-joylar ajratishga yordam berish, tumandagi bo’sh ish o’rinlari mexnat yarmarkasiga jalb qilish va ishga joylashtirish,

o’z tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirishni belgilab olganmiz. 

Qo’shtepa tumanida 2021 yilda mehnatga layoqatli, mehnat muxojirligidan qaytadigan va ishlash istagini bildirgan 4 ming 500 nafar fuqarolarni quyidagi yo’nalishlarda bandligini ta'minlash ko’zda tutilgan. Jumladan:

bo’sh ish o’rinlari va (kvota) ish o’rinlari orqali ishga joylashtirish hisobiga 2500 nafar;

vaqtinchali haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish orqali

1350 nafar;

kasbga o’qitish, qayta tayorlash va malaka oshirish kurslariga jalb qilish orqali 350 nafar;

tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tish, yengil konstruksiyali issiqxonalar o’rnatish va sug’orish vositalari xarid qilish va boshqa yo’nalishlar orqali subsidiya mablag’lari ajratish hisobiga 200 nafar, ishsiz fuqarolarni ijtimoiy himoyaga olish orqali ishsizlik nafaqalarini tayinlash hisobiga

100 nafar fuqrolar bandligi ta'minlanadi.

Buning uchun Qo’shtepalik mehnatkash va oliyjanob xalqimiz bilan qo’lni-qo’lga berib, muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona islohotlarda dahldorlik hissi bilan har bir masalani, har bir muammoni astoydil hal etishga bor bilim va salohiyatimiz,

kuch-g’ayratimizni safarbar etgan holda yuksak marralarga erishamiz degan umiddaman.

Barchamiz bir bo’lsak, ko’zlagan maqsadimizga albatta erishamiz tumanimizni nafaqat viloyatda, balki respublikada ham yuqori marralarni zabt etishiga ishonaman.

Qo’shtepa tumani hokimi:                                            I.Novikov